$
 12724.84
-15.11
 14223.83
32.8
 137.11
-2.03
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 20-sentyabr voqealari

Qora 20-sentyabr

Sirdaryoda bankomatdan pul o‘g‘irlagan talabalar qamaldi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida ikki nafar talaba va bir nafar voyaga yetmagan bola tunggi vaqtda bankomatdan jami 177 mln. so‘m o‘g‘irlagan.

Sud tergovida ma’lum bo‘lishicha, ular bankomatga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasiga tushib qolmaslik maqsadida yuzlarini futbolka bilan berkitib, qo‘llariga qo‘lqop kiyib olgan. Shu tariqa ular bankomatni buzib, ichidagi pullarni o‘g‘irlayotgan vaqtda Mirzaobod tumani IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi JIB Mirzaobod tumani sudida ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra, 2 nafar talaba yigit JKning 169- moddasi tegishli qismlari bilan aybdor deb topilib, ularga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Mirobodda tadbirkorlarning pulini o‘zlashtirgan hisobchi fosh bo‘ldi

Mirobod tumanida tadbirkorlarning 951 mln. so‘m pullarini qo‘lga kiritgan sobiq bosh hisobchi aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

“V.F.”, "V.I." va "V.V." MChJlarning bosh hisobchisi lavozimida ishlagan X.G. ushbu korxonalarning rahbarlari A.I. va I.D.ning xabardorligisiz jami 951 mln. so‘m pullarini o‘ziga tegishli bank plastik kartasiga o‘tkazib olib, o‘zlashtirganligi aniqlangan.

BYD katta tezlikda urib yuborgan o‘quvchi halok bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda BYD mashinasi yo‘ldan o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborgani haqida video tarqaldi.

Hodisa vaqtida videoni olayotgan mashinaning 70 km/soat tezlikda harakatlangani ko‘rinadi, BYD esa uni quvib o‘tganiga qaraganda tezlik belgilanganidan ancha yuqori bo‘lganini anglash qiyin emas.

Toshkent shahar IIBB halat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2024-yilning 19-sentyabr kuni soat taxminan 13:45 larda Sergeli tumani, Fayzli Toshkent ko‘chasida, haydovchi 1983-yilda tug‘ilgan M.A. BYD rusumli, davlat raqam belgisi 01 444 VFA bo‘lgan avtomashinada harakatlanib, piyodani urib yuborgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida voyaga yetmagan 2015-yilda tug‘ilgan L.S. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib borilgan vaqtda vafot etgan.

Sinfdan bola zo‘rlik bilan olib chiqib ketildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi maktabda sodir bo‘lgan mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.

Aniqlanishicha, joriy yilning 5-sentyabr kuni Ellikqal’a tumanidagi 28-maktabning 1-sinf o‘quvchisi X.Yo. (o‘g‘il bola)ning onasi S.Sh. dars jarayonini buzgan holda sinfga kirib borib, o‘qituvchi uni to‘xtatishga urinishiga qaramasdan, kuch ishlatib majburan o‘g‘lini sinfdan olib ketgan.

Holat yuzasidan S.Sh va boshqa shaxlarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid tegishli hujjatlar to‘planib, sudga yuborilgan.

Bugun, 20-sentyabr kuni mazkur ish sudda ko‘rib chiqilmoqda.

Теги :
Жамият