$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 19-sentyabr voqealari

Qora 19-sentyabr

 Andijonda noqonuniy qum qazigan huquqbuzar javobgarlikka tortildi

Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur reyd davomida Oltinko‘l tumani, Andijon MFYdagi daryo o‘zanidan fuqaro M.K. hech qanday hujjatlarsiz o‘z boshqaruvidagi ekskavator yordamida noqonuniy qum qazib, yuk tashuvchi mashinaga yuklagani aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi prim 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari — 10 million 200 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Toshkentda uy yonib ketdi

Toshkent shahar Uchtepa tumanida xonadonlardan birida yongʻin chiqdi. FVB holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Unga koʻra, 18 sentyabr kuni soat 15:09 da Uchtepa tumani, Taqachi koʻchasida joylashgan shaxsiy xonadonda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Yongʻin qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 15:14 da yetib borib, soat 15:42 da yongʻin qurshab olinib, soat 15:50 da oʻchirildi. Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yoʻq.

Andijon viloyatida tadbirkorning 20 mln. so‘mini olgan ETK muhandislari qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo‘jaobod tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi Sh.V. “X.T.” MChJga qarashli umumiy ovqatlanish oshxonasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi holati bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomani yo‘q qilib berishi evaziga korxona rahbari X.T.ning 20 mln. so‘mini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ filiali ma’muriy binosi oldida davom etgan tadbirda, Xo‘jaobod ETKning yana bir muhandisi A.A. muhandis Sh.V.dan 20 mln. so‘mni olib, shundan 5 mln. so‘mini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Namangan viloyatida 828,1 mln. so‘mlik dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Namanganda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M-s.” MCHJ rahbari B.E. tegishli tartibda ruxsatnoma (lisenziya) olmasdan, Namangan shahri, “Lola” MFY hududidagi omborxonada O‘zbekiston Respublikasi hududida saqlash, sotish, tashish va tibbiyot amaliyotida qo‘llash taqiqlangan, davlat reyestrida qayd etilmagan umumiy bahosi 828,1 mln so‘m bo‘lgan 659 turdagi jami 220 308 dona dori vositalari va tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib, “Namangan dori-darmon” AJga qarashli maxsus omborga saqlash uchun topshirilgan.

Теги :
Жамият