$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 18-sentyabr voqealari

Qora 18-sentyabr

 Toshkentdagi mebel korxonasida yong‘in chiqdi

Bugun, 18-sentyabr kuni soat 07:28 da Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasida joylashgan, mebel ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Yong‘in qutqaruv ekipajlari manzilga soat 07:34 da yetib borishgan, ayni vaqtda yong‘inni o‘chirish ishlari bajarilmoqda.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

Voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda ma’sul tashkilotlarning vakillari chiqqan.

O‘zbekistonga o‘qotar qurol olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Kecha, 17-sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan O‘zbekistonga o‘qotar qurol olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati ma’lum qildi.

Yekaterinburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaroning bir dona yashil rangli yo‘l sumkasi tegishli tartibda tekshirilganida uning ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz bo‘lgan 1 dona STALKER pnevmatik to‘pponchasi hamda 860 dona o‘q chiqqan.

Chilonzorda uch mashina ishtirokida avariya sodir bo‘ldi

Joriy yilning 18-sentyabr kuni soat 00:30 larda Chilonzor tumani KXAY-Qatortol ko‘chalari chorrahasida uch avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi.

Qayd etilishicha, 1993-yilda tug‘ilgan K.D. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasi, 2003-yilda tug‘ilgan Y.A. boshqaruvidagi Malibu-1 rusumli avtomashinasi, 1995-yilda tug‘ilgan Sh.A. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida Kobalt rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohat olgan.

Navoiyda farzandini sotishga uringan ayol ushlandi

Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi K.R. hali bir oylik bo‘lmagan chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotishga uringanida ushlandi.

DXX viloyat boshqarmasi hamda tuman IIB xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida K.R. chaqalog‘ini qo‘shni mahalladagi Z.S.ga sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch nafar yigit halok bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida uch nafar yigit halok bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024-yil 17-sentabr kuni soat 03:15 larda sodir bo‘lgan.

2004-yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan yigit “Nexia-2”ni M-41 avtomobil yo‘lining Sariosiyo tumani, “Shabnam” MFY hududidan o‘tuvchi qismida boshqarib kelib, qarama-qarshi bo‘lakdan kelayotgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 19 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “VAZ-2107” bilan to‘qnashgan.

Hodisa joyidan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, VAZ-2107 salonida bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchi (ular haydovchining sinfdoshlari bo‘lgan) vafot etgan.

Har ikkala mashinada bo‘lgan boshqa yo‘lovchilar tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Теги :
Жамият