$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 16-sentyabr voqealari

Qora 16-sentyabr

Inbazar do‘konida xodimni urgan menejer 7 sutkaga qamaldi

Toshkentdagi Inbazar do‘konida xodimni urgan menejer Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor, deb topilib 7 sutkaga qamaldi.

Sudda, shuningdek, zo‘ravonlik holatini tasvir olib turgan do‘konning yana bir xodimiga ham yuqoridagi modda asosida 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Qashqadaryoda “KamAz” orqa tirkamasi chiqib ketishi oqibatida uchta transportga borib urildi

Maʼlum qilinishicha, haydovchi, X.X. boshqaruvida bo‘lgan “KamAz” yuk avtomashinasini boshqarib kelayotib, orqa tirkamasi chiqib ketgan.

Oqibatda harakat yo‘nalishi bo‘yicha oldinda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan, haydovchi A.Sh. boshqaruvida bo‘lgan “KamAz” yuk avtomashinasini chap yon tomonidan tegib, oldinda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan, haydovchi M.M. boshqaruvida bo‘lgan Labo avtomashinasi old tomoniga borib urilgan.

So‘ng yo‘l chetida to‘xtab turgan, haydovchi T.A. boshqaruvidagi bo‘lgan Cobalt avtomashinasi orqa tomoniga borib urilgan.     

Hodisa natijasida Labo avtomashinasi haydovchisi M.M. tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Toshkentga kirib kelayotgan avtomashina yo‘lovchisining yonidan taqiqlangan modda topildi

15-sentyabr kuni soat 21:00 larda Bektemir tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari tomonidan Lexus avtomashinasi to‘xtatilib tekshirilganda yo‘lovchisi 27 yoshli Shaxboz ismli shaxsning ko‘rinishi va xatti-harakatlari, xodimlarda shubha uyg‘otgan.

2 nafar xolislar ishtirokida tekshirilganda uning yonidan jigar rangli, o‘tkir hidli mumsimon narkotik moddasiga o‘xshash modda topilgan.

Qashqadaryoda ayol nikohsiz tugʻilgan chaqalogʻini sotib yubordi

Qashqadaryodagi tibbiyot birlashmasida orastabon (sanitarka) boʻlib ishlaydigan ayol 2024-yil 4-iyun kuni tugʻilgan chaqalogʻini eri bilan nikohi yoʻqligi, voyaga yetmagan farzandi borligi va bir oʻzi boqishga qiynalishi sababli sotib yubormoqchi boʻldi.

U kelishilgan pulni 1600 dollar va 30 million soʻm koʻrinishida olayotganda qoʻlga olingan.

Ayolga nisbatan 4 (toʻrt) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Andijon shahrida 286,3 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan avtomobillarni yuvish shoxobchasi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.M. “Z.h.” MCHJga qarashli "Jumabozor" MFY hududida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 286,3 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Теги :
Жамият