$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 15-sentyabr voqealari

Qora 15-sentyabr

 Taniqli shoira Bibisora Turobova 72 yoshida vafot etdi

Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Bibisora Turobova 15-sentabr kuni vafot etdi, deya xabar bermoqda uyushma matbuot xizmati.

Bibisora Turobova 1952-yil 1-sentabrda Samarqand (hozirgi Navoiy) viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabdan keyin Maktabgacha ta’lim texnikumida o‘qib, so‘ng Samarqand davlat pedagokogika institutida ta’lim olgan.

U Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, mehribonlik uyi direktori lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.

Rossiyada oʻzbekistonlik erkak YTH ga uchrab, vafot etdi

Rossiyaning Tyumen viloyatida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasida oʻzbekistonlik erkak halok boʻldi.

Qayd qilinishicha, “Tyumen – Xanti-Mansiysk” avtomobil yoʻlining 178-kilometrida GAZ yuk mashinasi va VAZ 2107 toʻqnashib ketgan.

Tyumen viloyati yoʻl politsiyasi maʼlumotlariga koʻra, yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Uning 55 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi ekani va Rossiyada noqonuniy yashagani taʼkidlanmoqda. Jabrlanuvchining ismi-sharifi xabarda keltirilmagan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, mashinalardan biri qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan. Yuk mashinasining 24 yoshli haydovchisi jarohatlangan.

Qo‘qonda gaz to‘ldirayotgan avtobus yonib ketdi

13-sentyabr, juma kuni soat 19:30larda Qo‘qon shahri “Yorqo‘rg‘on” ko‘chasida joylashgan Avtomobillar gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida gaz to‘ldirayotgan avtobusning dvigatel qismida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘inga Qo‘qon shahar FVB tomonidan qisqa vaqt ichida bartaraf etilgan.

Xabarda yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar qayd etilmagani aytiladi.

Toshkent aeroportida yo‘lovchi noqonuniy valyuta olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Maʼlum qilinishicha, “Toshkent-Istanbul” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan O‘zbekiston fuqarosi shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Natijada fuqaro shimining chap cho‘ntagidan va bir dona jigarrang qo‘l sumkasi ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda aytilmagan, olib chiqish meʼyoridan ortiq bo‘lgan, jami 16 050 AQSH dollari (bugungi kundagi qiymati 203 mln. 962 ming 597 so‘m) borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘allanib kelgan Z.P fuqaro D.B.ga jami 3 500 AQSH dollarini 44,8 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida uning yonidan 715 ming so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi, DXX va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘llanib kelgan S.M fuqaro M.Aga jami 3 500 AQSH dollarini 44,5 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 1 755 AQSH dollari va 7,9 mln. so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Теги :
Jamiyat