$
 12732.56
3.08
 14181.53
25.08
 139.37
-0.35
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 14-sentyabr voqealari

Qora 14-sentyabr

Yekaterinburgda o‘zbekistonlik muhojir 26-qavatdan yiqilib halok bo‘ldi

Yekaterinburgning Chkalov tumani prokuraturasi Molodogvardeytsev va Panfilovtsev ko‘chalari chorrahasida joylashgan qurilish obyektida ro‘y bergan ishchining o‘limi yuzasidan tekshiruv boshladi.

Fojia 2024-yilning 12-sentyabr kuni soat 17:00 atrofida 26-qavat darajasida ishlayotgan qurilish ishchisi fasad ko‘tarmasidan qulashi oqibatida yuz berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, konstruksiyaning bir tomonidagi kabel uzilishi 1975-yilda tug‘ilgan ishchining yiqilib tushishiga sabab bo‘lgan.

Chegara postida O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqalarini olib ketayotganlar ushlandi

Toshkent viloyati Bekobod shahar Farhod chegara postida huquqbuzarlik holatiga chek qo‘yildi.

1989-yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi Yo.B. O‘zbekistondan 400 dona toshbaqani olib ketayotgan vaqtda Bekobod shahar Farhod chegara postida to‘xtatib qolindi. Ushbu toshbaqa turi “Qizil kitob”ga kiritilgan bo‘lib, “O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi” hisoblanadi.

Noyob endimek tur hisoblangan ushbu toshbaqalar mamlakatning barcha adirliklarida uchraydi. Mustahkamlashgan qumlar, serto‘proq cho‘llarda yashab, tog‘da dengiz sathidan 1300 metr balandlikkacha ko‘tariladi. Ba’zan vodiydagi siyrak maysali dashtlar va qishloq xo‘jaligi yerlari (shudgor, poliz va dalalar)da ham uchraydi.

Qashqadaryolik soliqchilarga hayfsan berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi 14-maktabda tuman soliq inspeksiyasi xodimining 2-sinf bolalariga soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash haqida qilgan targ‘iboti aks etgan video tarqalgandi.

Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi ushbu soliqchilarga tayinlangan xizmat tekshiruvi natijasini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, soliqchilarga intizomiy jazo qo‘llangan.

Qo‘shimcha qilinishicha, holat yuzasidan Nishon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari I.Rahimqulovga rasmiy ogohlantirish berilgan. Xodimlar R.Nurmanov va B.Hazratqulovga hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llangan. Shuningdek, barcha shahar va tuman soliq inspeksiyalari boshliqlari bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari yuzasidan ogohlantirilgan.

“Inbazar” do‘konida yosh xodim xatosi uchun kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Inbazar” xodimi qo‘l ostidagi yosh xodimni kuch ishlatib, jazolayotgani aks etgan video tarqaldi. Xodim, garchi “bilmasdan qildim”, deya uzr so‘raganiga qaramay, rahbari yosh yigitning yuzi va tanasiga 5-6 marotaba urgan. Shuningdek, haqorat ham qilgan.

“Inbazar” do‘koni asoschisi Xolmatov Omadbek bu holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishini ma’lum qildi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni ko‘rib, o‘zim «shok» bo‘lib qoldim. Bu qilingan ablahona ishi uchun albatta qonuniy javobgarlikka tortilishiga ishonchimiz komil. Yillar davomida ishxonada o‘zaro hurmat bo‘lishiga harakat qilamiz, lekin ko‘p odam ishlagani uchun buni nazoratini ola olmay qolibmiz. Buning uchun uzr so‘raymiz. Lekin bu zo‘ravonlikka qarshimiz, bu holat bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilyapti. Tafsilotlarini aytamiz”, degan do‘kon asoschisi.

Теги :
Жамият