$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 13-sentyabr voqealari

Qora 13-sentyabr

 Rossiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

12-sentabr kuni 1 nafar ota-ona qaramog‘isiz qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarib olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar qildi.

Agentlik hamda Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlarining ko‘magi ostida Rossiya Federatsiyasidan Toshkentga olib kelingan bola buvisining qaramog‘iga topshirilgan.

Qayd etidishicha, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan endilikda ularga o‘zlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bir qator ijtimoiy xizmatlar, jumladan, bolalarning o‘zlari va ularning oila a’zolariga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatib borish belgilangan.

YPX inspektorlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Kuni kecha Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumanida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB maxsus batalon YPX inspektorlari tomonidan Mirzo Ulug’bek ko’chasida Captiva rusumli avtomobil to‘xtatilib, haydovchi, 1992-yilda tug‘ilgan I.Q. ning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-modda 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.

Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Paxtachi tumanidagi 8-umumta’lim maktabiga oid videolavha tarqaldi. Unda direktor maktabda qarta o‘ynab o‘tirgani va direktor o‘rinbosari o‘quvchi qizlarni kaltaklayotgani aks etgan.

Ushbu holat Paxtachi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqilgan. Bu haqda Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabatida ma’lum qilindi.

Rasmiy munosabatda keltirilishicha, videolavhadagi holatlar haqiqatan Paxtachi tumanidagi 8-umumta’lim maktabiga tegishli ekani tasdig‘ini topgan. Maktab direktori va maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Urgutda tabiatga 1 mlrd. so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi

Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan “Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘iga noma’lum shaxslar bolalar dam olish oromgohi orqali noqonuniy tarzda kirib, maxsus texnikalar yordamida qazish ishlarini amalga oshirgan. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tezkor ishchi guruhi holatni o‘rgandi.

Natijada qonunbuzarlar tomonidan bog‘ hududida texnikalar yordamida tekislash, kovlash ishlari olib borilgani va “Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘iga tegishli bo‘lgan 869 metr kvadrat maydonda “Taxti Qoracha” dovoni bilan bog‘lovchi yo‘l hosil qilingani ma’lum bo‘ldi.

Buning oqibatida yo‘lda mavjud bo‘lgan 7 turdagi jami 64 tup daraxt va butalarga zarar yetkazilgan, shundan 27 tup daraxt va butalar tag qismidan kesilgan yoki qo‘porib olingan, qolgan 37 tup daraxt va butalar esa o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada shikastlangan. O‘simlik dunyosiga 67 mln. 726 ming so‘m miqdorda zarar yetkazilgan.

Bundan tashqari, hududda olib borilgan yo‘l solish ishlari natijasida jami 2296 metr kvadrat yer maydonida mavjud Qizil kitobga kiritilgan, kamyob, kamayib borayotgan va noyob tur hisoblangan 12 turdagi 2 ming 591 tup o‘simliklar payxon qilinib, tabiatga 1 mlrd. 48 mln. so‘m miqdorida zarar yetkazilgan”, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Теги :
Жамият