$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 11-sentyabr voqealari

Qora 11-sentyabr

 800 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari hisobotlarga qo‘shib yozilgan

Aholi bandligiga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash borasida nazorat kuchaytirilgan holda olib borilyapti.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinovning bildirishicha, jumladan, o‘tkazilgan o‘rganishlarda 764 ming 723 ta yangi ish o‘rinlari hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlanib, aybdor shaxslar tegishli javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, 327 nafar ishchi - xizmatchilarning kechiktirilgan 2,3 mlrd. so‘m ish haqlari undirib berilishi ta’minlandi. Ish haqi va nafaqa pullarining 4,2 mlrd. so‘mi talon – toroj qilinganligi aniqlanib, 52 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent viloyati Obodonlashtirish bosh boshqarmasi faoliyati tugatildi

Obodonlashtirish sohasida boshqaruv faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va maqbullashtirish, ortiqcha va bir-birini takrorlovchi funksiyalarni tugatish maqsadida Hukumatning joriy yil 9-sentyabrdagi tegishli qarori bilan viloyat hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tugatildi.

Shu munosabat bilan maqbullashtirilayotgan shtat birliklari hisobidan 20 ta shtat birliklari va ish haqi xarajatlari uchun talab etiladigan mablag‘larni Chirchiq shahar obodonlashtirish boshqarmasiga o‘tkazildi.

Andijondagi qo‘shma korxonada yong‘in chiqdi

Andijon shahar Yangi aylanma ko‘chasidagi O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasi bo‘lgan “Uz Koram Ko” MCHJda yong‘in sodir bo‘ldi.

Viloyat FVB ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar 10 sentyabr kuni soat 23:58da kelib tushgan. FVBning yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 00:06da yetib borgan va soat 00:55da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida MCHJning shamollatish ventelyasiya shaxtasidagi 90 m.kv maydonda buyoq qoldiqlari yonib zararlangan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar qayd etilmagan.

Toshkentda ZIL yonib ketdi

Toshkent shahri Yashnobod tumani Ohangaron koʻchasining 2-darajali yoʻlida 10 sentyabr kuni ZIL yuk mashinasida yongʻin kelib chiqqan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, yongʻin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar boʻlmagan.

Mazkur hodisa yuzasidan Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Ayrim hududlardagi metan “zapravka”larga gaz yetkazib berish toʻxtatildi

Termiz shahri va Termiz tumanidagi metan “zapravka”larga gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Termiz shahri va Termiz tumanidagi AGTKSHlarni tabiiy gaz bilan taʼminlovchi “Termiz sanoat tarmogʻi”ga GRSdan chiqish qismida kollektorga keluvchi gaz quvurida oʻrnatilgan gaz bosimini nazorat qiluvchi qurilmada nosozlik yuzaga kelgan.

Shu sababli Termiz shahri va Termiz tumanida joylashgan metan “zapravka”larga gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatildi. Hozirda ushbu nosozlikni bartaraf etish yuzasidan barcha choralar koʻrilayotgan boʻlib, nosozlik bartaraf etilgandan soʻng tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Теги :
Jamiyat