$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 10-sentyabr voqealari

qora 10-avgust

Zangiota tumanida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 10-sentyabr kuni soat 14:15 da Zangiota tumani, “Erkin” MFYda joylashgan bo‘yoq (kraska) ishlab chiqarish sexi binosida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Yong‘in o‘chirish ekipajlari tomonidan yong‘in soat 17:00 da qurshab olinib, soat 18:56 da batamom o‘chirildi. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi. Yong‘inni bartaraf etish jarayoni Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev nazoratida amalga oshirildi, deyiladi FVV xabarida. Ayni vaqtda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Shifokorlar xatosi sabab homilador ayol vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida shifokorlarning noto‘g‘ri tashxisi tufayli homilador ayol vafot etgani xususida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, holat to‘liq nazoratga olinib, vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida maxsus Ishchi guruh tomonidan tezkor o‘rganish ishlari o‘tkazilgan. Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga huquqiy baho berish taqozo qilingani sababli ekspertlarning dastlabki xulosalari hamda tegishli hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etilgan. “Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilyapti”, deyiladi xabarda.

Mehmonini so‘yib, mushugiga yedirgan mezbon

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi shaxs uyiga kelgan mehmonning teri va organlarning bir qismini kesib, qovurib, mushugiga berdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Bildirilishicha, mezbon va mehmon avval ichkilikbozlik qilgan, so‘ng janjal kelib chiqqan. Sudlanuvchi mehmonni hovliga olib chiqib, uni yerga yiqitgan va bo‘yniga pichoq tortgan. Shundan keyin u erkakning jinsiy a’zolarini, terining bir qismini kesib, mushugiga berish uchun tog‘oraga solib, o‘choqqa qaynatishga qo‘yadi. Tananing qolgan qismini esa ko‘zdan yo‘qotish uchun axlatga qo‘shib yoqib yuboradi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy tuman sudida ushbu ish ko‘rib chiqildi va sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismining bir qator bandlari bilan aybdor deb topildi. Unga nisbatan 20 yillik qamoq jazosi tayinlandi.

Sud hukmiga ta’sir qilishga uringan advokat va yuristlar qo‘lga olindi

Toshkent shahrida sud hukmini o‘zgartirib bermoqchi bo‘lgan ikki advokat va bir yurist qo‘lga olindi. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) ma’lumotiga ko‘ra, advokat M.M. ayblanuvchini oqlash evaziga 30 ming AQSh dollari talab qilgan va 20 ming dollarni olganida qo‘lga olingan. Yana bir holatda advokat Sh.U. va yurist T.N. bir mahkumning jazoni yengillashtirish uchun 75 ming dollar talab qilgan va ushlandi. Natijada, Sh.U. va T.N. sud hukmi bilan 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi va 136 million so‘m jarima jazosi belgilandi.

Теги :
Jamiyat