$
 12786.98
12.0
 13753.68
-160.83
 130.27
0.13
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 7-noyabr voqealari

Qora 7-noyabr

 Toshkentda Nexia-3 ag‘darilib ketdi

Bugun, 7-noyabr kuni soat 15:30 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasida haydovchi 2001 yilda tug‘ilgan Ya.M. o‘z boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida, yo‘lni ajratib turuvchi betonga to‘qnashib ag‘darilgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Xorazmdagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun soat 12:53 da Xorazm viloyati Urganch tumanidagi kiyim-kechak savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong‘in tumanda joylashgan “Shermatlar” MFY, Gurlan ko‘chasidagi do‘konlarda yuzaga kelgan.

Mazkur holat yuzasidan yong‘inni o‘chirishda sakkizta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yong‘in soat 13:20 da o‘rab olingan va soat 13:50 da o‘chirilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yoki vafot eganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.X. A.A.ning ishonchiga kirib, uni Yaponiya davlatiga ishga yuborishi evaziga 7 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.Q. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Polsha davlatiga ishga yuborishi evaziga jami 10 700 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

IIBB Telegramda yangi firibgarlik sxemasi haqida ogohlantirdi

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi fuqarolarga internetdagi firibgarlikning yangi turi haqida maʼlumot bermoqda. Unga ko‘ra, hujumchilar Telegram messenjerida o‘zlarini vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbar va mas’ul xodimlari sifatida ko‘rsatib, o‘zlarining “qo‘l ostidagi”larini aldash maqsadida soxta profillar yaratdi.

Firibgarlar korxona rahbari nomiga soxta akkauntlar ochib, uning xodimlari bilan yozishmalarni boshlaydi. Xabarlarda ular huquq-tartibot idoralari go’yoki xodim bilan qiziqib, menejerdan ma’lumot so’raganini da’vo qilmoqda. Hujumchilar “huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari” xodim bilan bog’lanishlari haqida ogohlantirmoqda.

Xodim xabarning haqiqiyligiga ishonib, firibgarlar bank kartalaridan pul o’g’irlash uchun foydalanadigan maxfiy ma’lumotlarni uzatadi.

Теги :
Jamiyat