$
 12786.98
12.0
 13753.68
-160.83
 130.27
0.13
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 5-noyabr voqealari

Qora 6-noyabr

 Farg‘onada vagon ustiga chiqib, selfi qilmoqchi bo‘lgan yigitni tok urdi

“Millar” dasturining xabariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida 7-sinf o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urib yuborgan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 28-oktyabr kuni sodir bo‘lgan.

Yigit Bag‘dod tumanida joylashgan 61-sonli umumta’lim maktabining 7-sinfida tahsil olgan.

Aniqlanishicha, u belgilanmagan joydan o‘tib, vagon ustiga rasmga tushish uchun chiqqan.

“Bolaning ahvoli juda og‘ir edi. Ko‘rsatilgan yordamlardan so‘ng, zudlik bilanjonlantirishh bo‘limiga olib chiqildi. Tananing yuz, bo‘yin ko‘krak, qorin, qo‘l va son sohalarining 50 foiz atrofida elektr tokidan kuyishi, bosh miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi tashxisi qo‘yildi. Hozirda bemorning holati dinamikada yaxshilanib bormoqda”, deydi shifokor.

Taxtiqoracha dovonida Cobalt’ni tosh bosib qoldi, Qurbonlar bor

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan dovon yo‘lida Cobalt rusumli avtomobilni yirik hajmdagi tosh bosib qoldi. Qayd etilishicha, 6-noyabr kuni soat 15:45larda Kitob tuman Qaynar MFY Qaynar qishlog‘ining M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘li Taxtaqoracha davonining 1137 kilometrida 3 nafar fuqaro ichida bo‘lgan Kitob tumanidan Samarqand shahri tomon harakatlanib ketayotgan Kobalt avtomashinasi ustiga tog‘ tepaligidan sirpanib tushgan tosh bosib qolishi natijasida 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.

12 nafar Soliq qo‘mitasi xodimi ishdan haydaldi

12 nafar soliq xodimi bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi va ishdagi xatolari uchun 31 nafar xodimga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi. Samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash (KPI) natijasiga ko‘ra, 14 nafar xodim unvoni pasaytirildi.

Surxondaryoda YTH oqibatida 700 xonadon gazsiz qoldi

Bugun, 6-noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi “Bog‘iston” MFY hududidan o‘tuvchi gaz quvuriga Cobalt avtomashinasi borib urildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlikka ko‘ra, hodisa oqibatida avariya holati sodir bo‘lgan. Buning natijasida soat 11:00 dan “Bog‘iston” va “Gazarak” MFY hududidagi 700 ta aholi xonadoni va 3 ta ulgurji iste’molchining tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Avariya holati bartaraf etilishi bilan gaz ta’minoti qayta tiklanishi aytilgan.

Namangan viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O-N.” oilaviy korxonasi rahbari M.O. korxona novvoyxonasida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga yashirincha ulanib, 273,3 mln. so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi Departamentning Uychi va To‘raqo‘rg‘on tumanlari bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “Z.Q.” va “S.O.” MCHJ mas’ul shaxslari hamda YATT M.A. ishlab chiqarish sexlarida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 161,3 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Теги :
Jamiyat