$
 12790.12
-4.9
 13936.11
42.0
 130.03
-1.59
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 4-noyabr voqealari

Qora 4-noyabr

Cobalt va Mercedes-Benz avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 3-noyabr kuni soat 23:00 atrofida Yunusobod tumani Chinobod ko‘chasida Cobalt va Mercedes-Benz avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu YTH natijasida Cobalt va Mercedes-Benz haydovchilari va 2 nafar yo‘lovchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Qashqadaryoda o‘qituvchi va o‘quvchi yoqalashdi

Qashqadaryoda maktabda dars payti o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Bolalar ombudsmanining xabar qilishicha, 17-oktyabr kuni Qarshi shahrida joylashgan 32-sonli o‘rta taʼlim maktabining algebra fani o‘qituvchisi M.M. (ayol) va 10-“B” sinf o‘quvchisi E.O‘. (2008-yilda tug‘ilgan qiz) o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, og‘zaki tortishib qolishgan. Shundan so‘ng o‘qituvchi M.M. o‘quvchi E.O‘.ning yuziga urgan, o‘quvchi qiz ham qo‘l ko‘tarmoqchi bo‘lganida birgalikda yiqilib tushgan.

Hozirda holat yuzasidan Qarshi shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, M.M. va E.O‘.ning xatti-harakatlariga chora ko‘rish uchun mazkur ish materiallari Ma’muroy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan sudga yuborilgan.

Toshkent viloyatida Cobalt va Isuzu avtobusi to‘qnashuvi ortidan ikkisi yonib ketdi

4-noyabr kuni tongda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Cobalt avtomobili va Isuzu avtobusi to‘qnashib ketgani ortidan mashinalarda yong‘in chiqdi. Viloyat IIBB YHXB holat bo‘yicha surishtiruv ishlari ketayotganini ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Cobalt haydovchisi avtomobil yo‘lida ketayotganda yo‘lning mumkin bo‘lgan qismidan qayrilib olayotgan Isuzu avtobusi bilan to‘qnashib ketgan. Hodisadan so‘ng transport vositalarida bo‘lgan fuqarolar avtomobil salonidan chiqarib olingan. Vafot etganlar yo‘q.

Birozdan so‘ng avtoulovlarda qisqa tutashuv yuz berib, yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida atrofdagi boshqa fuqarolarga zarar yetmagan. Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB xodimlari surishtiruv ishlari olib bormoqda.

FVV aholini is gazi oqibatlaridan ogohlantirmoqda

Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin.

FVV bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida fuqarolardan gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga rioya qilishni so‘ramoqda.

Namanganda maktab o‘quvchilari avtomobilni ijaraga olib, YTHga uchradi

Namangan viloyati Davlatobod tumanida maktab o‘quvchilari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi viloyat YHXB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 2-noyabr kuni soat 10:00 atrofida xususiy maktablardan birining 9-sinf o‘quvchisi Gentra avtomobilini ijaraga olib, katta tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan. Natijada mashina yo‘l chetidagi yo‘l belgisiga urilgan.

Dastlab, o‘quvchi avtomobil akasiga tegishli ekanligini aytdi. Tergov davomida aniqlanishicha, bola do‘stining mashinasini ikki soatga 150 ming so‘mga ijaraga olgan.

YTH vaqtida u mashinada do‘sti bilan birga bo‘lgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Теги :
Jamiyat