$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 2-noyabr voqealari

Qora 2-noyabr

3 yoshli farzandini sotmoqchi bo‘lgan ota-onaga sud hukmi o‘qildi

Fuqaro o‘zining shar’iy nikohidagi turmush o‘rtog‘i bilan jinoiy til biriktirib voyaga yetmagan 2021 yilda tug‘ilgan farzandini 3 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Sudlanuvchi erkak JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Sudlanuvchi ayolga esa JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan JKning 57-moddasi qo‘llanilib 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi 38-umumta’lim maktabi direktori o‘quvchilarni kaltakladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Oltinko‘l tumani “Qoraqalpoq” mahallasida joylashgan 38-umumta’lim maktab direktori maktab o‘quvchilarini kaltaklayotgani aks etgan video lavha tarqaldi. Unda maktab direktori ikki nafar o‘quvchini darsni buzayotganlikda ayblab, bosh qismiga urgani ko‘rinadi.

Holatga Bolalar ombudsmani ham munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, maktabning 8-sinf o‘quvchisi Q.M. sinf xonasida pirotexnika vositasidan foydalangan. Bunga javoban maktab direktori go‘yoki tarbiyaviy maqsadda Q.M.ni va sinfdagi boshqa bir nechta bolalarni kaltaklagan. Qo‘shimcha qilinishicha, Oltinko‘l tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Krasnogorskddagi reydda muhojirlarga harbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozi berildi

Krasnogorskdagi Rechnaya ko‘chasidagi yotoqxona politsiya, komissarlik va xalq drujinchilar tomonidan tekshirilgan. Ular noqonuniy muhojirlar va harbiy ro‘yxatdan o‘tmaganlarni qidirishgan. 300 nafar xorijlik va 45 nafar rossiyalik tekshirildi.

Hujjatlarni aniqlashtirish uchun 26 nafar erkak harbiy komissarlikka chaqiruv qog‘ozi olgan.

Andijon viloyatida bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan vafot etdi

Qayd etilishicha, joriy yilning 22-oktyabr kuni soat taxminan 09:30 larda Jalaquduq tumani, “Navoiy” MFY Ne’mat ko‘chasida yashovchi xonadon a’zolari uxlab yotgan vaqtida xonada bo‘lgan nosoz isitish moslamasi (kotyol)dan sizib chiqqan is gazidan zaharlangani aniqlangan.

Buning oqibatida 4 nafar fuqaro yashash xonadonida vafot etgan, qolgan xonadon vakillariga esa tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga olib kelinib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Voqea joyi tezkor-tergov guruhi a’zolari ishtirokida ko‘zdan kechirilgan, shuningdek, vafot etganlarning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy va boshqa zarur ekspertizalar tayinlangan.

Toshkentda Spark va yo‘lovchi tashuvchi avtobus haydovchilari janjallashishdi

Kuni kecha Toshkentda KING LONG yo‘lovchi tashuvchi avtobusi va SPARK avtomashinasi haydovchilari o‘rtasida tortishuvli holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB Matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, videoda aks etgan holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, haydovchilarga nisbatan harakat davomida avariyaviy xavfli holat qilib harakatlanganligi yuzasidan MJTKning 128⁵-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borildi.

Теги :
Jamiyat