$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 31-oktyabr voqealari

Qora 1-noyabr

 Yunusobodda Nexia-3 yonib ketdi

Kecha, 31-oktyabr kuni soat taxminan 21:40 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasi Lombard qarshisida Nexia-3 rusumli transport vositasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi.

2004 yilda tug‘ilgan haydovchi A.A. rul boshqaruvini yo‘qotib beton bardyurga to‘qnashishi natijasida avtomashinada yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar bo‘lmagan.

O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzulloyev vafot etdi

O‘zbekiston Qahramoni, surxondaryolik ilg‘or fermer Ahmad Narzulloyev 68 yoshida vafot etdi.

Ahmad Narzulloyev ibratli umr kechirdi. U hayoti va mehnat faoliyati davomida mamlakatimizda aholining turmush tarzini yaxshilashda, qishloq xo‘jaligi sohasi, xususan, fermerlik faoliyatini rivojlantirishda beminnat, fidokorona xizmat qilgan vatanparvar, jonkuyar va samimiy inson sifatida yurtdoshlarimizning qalbida mangu yashaydi, deyiladi viloyat hokimligi xabarida.

Andijonda 1 yoshli qizcha hojatxonaga tushib ketdi

Andijon viloyatining Asaka tumanida hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli qizcha qutqarib olindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, hodisa 31-oktyabr kuni soat 17:33 da tumanning “Nurafshon” mahallasida joylashgan uylarning birida sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, uy egasining 2023-yilda tugʻilgan qiz farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketgan.

Manzilga qutqaruvchilar yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan qizaloqni olib chiqib, hayotini saqlab qoldi. Shundan soʻng shifoxona yuborilgan.

Toshkent viloyatida noqonuniy mobil kuchaytirgichlar faoliyati to‘xtatildi

“O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Toshkent viloyat hududiy bo‘limi hamda “EMMM” DUK xodimlari hamkorligida Toshkent viloyati hududlari bo‘ylab noqonuniy mobil kuchaytirgichlarni aniqlash maqsadida monitoring tadbirlari o‘tkazildi.

Unda Toshkent, Yangiyo‘l, Zangiota tumanlarida uylarga o‘rnatilgan 5 dona sifatsiz mobil kuchaytirgich qurilmalaridan noqonuniy foydalanilayotganligi va ular mobil aloqa operatorlarining baza stansiyalari ishlashiga salbiy ta’sir o‘tkazayotganligi aniqlandi.

Ushbu qurilmadan foydalanib kelayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan tegishli tushuntirish ishlari olib borilib, qurilmalar ishlatilishining oldi olindi.

Samarqandda 41 yoshli erkak o‘zini yuk mashina ostiga tashladi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro o‘zini fura tagiga tashlab, joniga qasd qilgani aytilgan videolavhalar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa 27-oktyabr kuni soat 12:30 larda Paxtachi tumani “Amirobod” mahallasidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining Samarqand-Buxoro yo‘nalishi 139-km da sodir bo‘lgan.

Xatirchi tumani “Polvonota” mahallasida yashagan 41 yoshli ruhiy kasal A.B. fuqaro Yu.Y. boshqaruvida bo‘lgan Man yuk avtomashinasi ostiga o‘zini tashlab, joniga qasd qilgan. Hodisa oqibatida A.B. voqea joyida vafot etgan.

Qoraqalpog‘istonda Lacetti kanalga tushib ketishi oqibatida uch yigit halok bo‘ldi

Beruniy tumanida inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda “Ovoza” axborot dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, YTH 29-oktyabr kuni soat 2:20 atrofida sodir bo‘lgan. Haydovchi mast holatda Lacetti mashinasini boshqarib borayotib, yo‘l chetidagi kanalga tushib ketgan.

YTH oqibatida mashinaning orqa qismida o‘tirgan ikki yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir yo‘lovchi esa shifoxonada vafot etgan. Halok bo‘lgan yigitlarning ikki nafari 22, bir nafari 21 yoshda bo‘lgan.

Tirik qolgan haydovchi va yana ikki yo‘lovchiga bosh miya, ko‘krak qafasi qisilishi, suvda cho‘kish kabi tashxislar qo‘yilgan.

Теги :
Jamiyat