$
 12778.00
-9.03
 14012.35
-36.76
 131.58
-1.47
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 9-oktyabr voqealari

Qora 9-oktyabr

Onix avtomobili avtoturargohdan chiqaman deb anhorga tushib ketdi

2024-yil 8-oktyabr kuni soat 14:00larda, Andijon shahar Yu.Otabekova hamda Shahidtepa ko‘chalari kesishgan chorraha oldidagi ovqatlanish shoxobchasi avtoturargohidan, 1973-yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.O. o‘zining Onix rusumli transport vositasida orqaga harakatlanayotgan vaqtida, boshqaruvni yo‘qotib, ushbu joydagi anhorga tushib ketgan.

Ushbu hodisa oqibatida hech kimga tan jarohati yetkazilmagan, transport vositasi maxsus texnikalar yordamida anhordan chiqarilgan.

Toshkent shahrida poyezd bosib ketishi oqibatida 36 yoshli fuqaro vafot etdi

Joriy yilning 5-oktyabr kuni temiryo‘l xodimi poyezd bosib ketishi oqibatida vafot etdi.

Qayd etilishicha, marhum 1988-yilda tug‘ilgan bo‘lib, temiryo‘lda konduktor lavozimida ishlab kelgan. O‘rganishlar davomida mazkur holat teplovozga yuk vagonlarini ulayotgan vaqtda sodir bo‘lganligi maʼlum bo‘lgan.

Xodim o‘zining ehtiyotsizligi sabab temiryo‘l izlariga yiqilib tushgan. Oqibatda uni yuk vagonlari bosib ketgan.

Voqea joyiga tegishli masʼullar va tez tibbiy yordam kelgan kelgan. Ammo ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan xodim voqea joyida vafot etgan.

Valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq va Qo‘shrabot tumani bo‘limi, viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro X.B fuqaro Yu.Qga 4 000 AQSH dollarini 50,9 mln so‘mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Payariq va Oqdaryo tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.U. fuqaro A.A.ga 3 100 AQSH dollarini 39,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, 3 292 AQSH dollari, 10 YeVRO va 62 410 Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Yangibozor tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan D.G. fuqaro O.S.ga 3 400 AQSH dollarini 43 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qashqadaryoda “Mercedes-Benz” avariyaga uchradi

To‘qnashuv 7-oktyabr kuni soat 14:20 atrofida G‘uzor tumani “Qoratikan” MFY hududidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Haydovchi B.T. “Mercedes-Benz” rusumli avtomobilni “Chim-Qarshi” yo‘nalishida boshqarib kelib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan haydovchi Q.S. boshqaruvida bo‘lgan Labo rusumli avtomobilga urilgan.

Oqibatda Labo rusumli transport vositasida bo‘lgan 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etishgan.


Теги :
Жамият