$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 8-oktyabr voqealari

Qora 8-oktyabr

 Buxoroda ikki nafar ishchi baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘ldi

Joriy yilning 2-oktyabr kuni “Qorako‘l” podstansiyasida 2 nafar mutaxassis texnik nosozlik natijasida vafot etgan. Bu haqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aytilishicha, jamiyatning “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli 500 kV kuchlanishli “Qorako‘l” podstansiyasida 2 nafar mutaxassis o‘limiga sababchi bo‘lgan baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.

Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa to‘g‘risida shu kunning o‘zida tegishli organlarga xabar berilgan. Ayni paytda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Olmaliqda 50 yoshli shaxs YTH qurboni bo‘ldi

Olmaliq shahrida piyoda mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi.

Joriy yilning 8-oktyabr kuni soat taxminan 00:05 larda, Toshkent viloyati Olmaliq shahar, A.Temur ko‘chasida haydovchi, 2005-yilda tug‘ilgan O.Sh “Neksiya-3” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda —1974-yilda tug‘ilgan U.Ani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan

YTH natijasida piyoda olgan tan jaroxatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Dubaydan uchib kelgan o‘zbekistonlik ayolda biologik o‘lim holati qayd etildi

Bugun, 8-oktyabr kuni Dubay-Toshkent aviareysida uchib kelgan, 1986-yilda tug‘ilgan ayolning aeroportda sog‘lig‘i yomonlashib, Chilonzor tumanida joylashgan RShTYoIMga olib borilgan.

Biroq, tibbiy reanimatsion muolajalarga qaramasdan, ayolda biologik o‘lim holati qayd etilgan.

Marhumaning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tadbirkorga 500 000 AQSh dollarlik shartnoma va’da qilgan rahbar ushlandi

Shayxontohur tumanida tadbirkorga 500 000 AQSh dollarlik shartnoma tuzib berishni va’da qilgan MChJ rahbari qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.S.” MChJ rahbari N.Sh. (muqaddam sudlangan) tadbirkor U.I.ga tanishlari yordamida “L.Y.” korxonasi bilan 500 000 AQSh dollari miqdorida qurilish ishlarini bajarish yuzasidan shartnoma tuzib, buyurtma olib berishi evaziga shartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida pul berishi kerakligini aytib, 50 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Buxoroda ayol 3 yoshli bolasini o‘ldirib qo’ydi

4-oktabr kuni Buxoro shahrida yashovchi fuqaro uch yoshli farzandiga og‘ir tan jarohati yetkazgan va natijada bola vafot etgan. Gumonlanuvchining qo‘shnisi sodir bo‘lgan voqea haqida o‘z fikrini bildirdi.

“Bu ayol doimo muloqotdan qochadi. Men u bilan gaplashib, ovqat taklif qilmoqchi bo’ldim, lekin u eshikni ochmadi. Uning qichqirganini va bolani jazolayotganini eshitib, uni maktab yoshida deb o’yladim, chunki u uni iflos kiyimlari va ryukzaki yo’qligi uchun tanbeh qildi. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda men bola hali uch yoshga to’lmaganini bildim. Uning ruhiy holati yomon, deb ayta olmayman, chunki men uydan g’alati suhbatlarni eshitmadim. Lekin u, albatta, juda shafqatsiz va befarq ona ekan “, – dedi qo’shnisi.

Теги :
Jamiyat