$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 7-oktyabr voqealari

Qora 7-oktyabr

 Samarqandda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan “Jiguli” haydovchisi halok bo‘ldi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yuk mashinasi va “Jiguli” o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, holat 4-oktabr kuni soat 23:20 atrofida tumanning Iskandariy mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R46 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. “GAZ53” haydovchisi qayrilib olish mumkin bo‘lmagan joydan harakatlanganida to‘g‘ridan kelayotgan “VAZ2103”ni o‘tkazib yubormasdan YTH sodir etgan.

Oqibatda yengil mashina haydovchisi olgan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘lgan.

Namanganda o‘quvchilar ijaraga olgan Gentra YTHga uchradi, o‘smirlardan biri vafot etdi

Namangan shahrida Gentra avtomobili va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati televideniyesi xabar berildi.

Qayd etilishicha, holat 2-oktabr kuni soat 11:00 atrofida shaharning Marg‘ilon ko‘chasida sodir bo‘lgan. 5 nafar maktab va texnikum o‘quvchisi Gentra mashinasini ijaraga olib, katta tezlikda harakatlanib ketayotganida boshqaruvni yo‘qotib yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqdan oshib o‘tgan. So‘ngra yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib yuk mashinasiga urilgan.

YTH oqibatida Gentra haydovchisi bo‘lgan 17 yoshli o‘smir shifoxonaga olib borilayotganida vafot etgan.

Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasi yonib ketdi

7-oktyabr kuni soat 15:45 da Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani “Dasht” MFY hududidan o‘tuvchi, “G‘uzor-Qarshi” avtomobil yo‘lida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida “Kamaz-512” rusumli avtomobilidan gaz saqlash yomkostiga gaz quyish vaqtida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash natijasida yong‘in yuzaga kelgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga yetib borib, yong‘in o‘rab olingan va o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida shoxobcha binosining 22 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Fuqarolar noqonuniy 41 million so’mlik baliq ovlagani aniqlandi

Oʼrta Chirchiq tumani Oʼrtaboʼz mahallasida joylashgan Toshkent dengizi hududidagi reyd davomida S.Ch., I.N. va N.J. tomonidan suv omborida leskali toʼrlar bilan noqonuniy ravishda baliq ovlanayotganligi aniqlandi.

O‘rganish davomida huquqbuzarlarning yonidan jami 116 dona, 42 kg boʼlgan oq sila, tovon baliq, zogʼora baliq hamda oq qayroq baliqlari topildi va tabiatga 41 million soʼm zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, reyd davomida topilgan 3 ta qayiq hamda 2 ming metrdan ziyod leskali toʼrlar holatga oydinlik kiritilgunga qadar vaqtincha saqlash uchun Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi omborxonasiga joylashtirildi.

Теги :
Jamiyat