$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 6-oktyabr voqealari

Qora 6-oktyabr

 Samarqand viloyatida 3,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 5 oktyabr kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 23:07 da zilzila sodir bo‘ldi.

Episentr: Samarqand viloyati Payariq tumani. Zilzila koordinatalari: 40,31 gradus shimoliy kenglik; 66,84 gradus sharqiy uzunlik.

Magnituda M=3,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 226 kilometr janubi-g‘arbda.

Yangi 1 800 o‘rinli maktab binosi sifatsiz qurilayotgani aniqlandi

Samarqand shahrida tiklanayotgan yangi maktab binosi qurilishida qator qoidabuzarliklar aniqlangan. Bu haqda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahrida sifatsiz qurilishlarning oldini olish maqsadida o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida shaharning Qorasuv massivida Meʼmor complex MChJ tomonidan qurilayotgan 1 800 o‘rinli maktab binosi qurilishi davomida qator qoidalar buzilgan.

Xususan, obekt bo‘yicha qurilish ishlarini tashkil qilish loyihasi ishlab chiqilmagan, hududga olib kelingan qurilish materiallari tartibsiz holda saqlangan.

Obektda yuritilishi kerak bo‘lgan ijro jurnallari tegishli tartibda yuritilmagan, foydalanilayotgan materiallarining ishlab chiqarish sertifikatlari olinmagan hamda yopma plitalar me’yorlarga amal qilinmagan holda o‘rnatilgan.

Toshkent shahridagi “Magic City” parkida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 6-oktyabr kuni soat 18:47 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Furqat ko‘chasida joylashgan “Magic City” oilaviy bog‘i kirish qismida kabina yonib ketgan.

Kelib tushgan xabarga asosan voqea joyiga Toshkent shahar FVBning yong‘in-qutqaruv texnikalari jalb etilgan va yong‘in soat 18:49 da o‘chirilgan.

Voqea joyida 3 kv metr maydonda joylashgan kabina yonib zararlangan. Yong‘inda halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Toshkentda “zakladchik” ushlandi

Toshkent shahar IIBBga ko‘ra, Olmazor tumanida giyohvandlik vositalarini tarqatib yurgan fuqaro qo‘lga olingan.

Uning yonidan 30 dona sariq izolentaga o‘ralgan kukunsimon moddalar topilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro qamoqqa olingan.

Nexia va Spark o‘rtasida YTH

Joriy yilning 6-oktabr kuni soat 09:40 larda Yunusobod tumani Alisher Navoiy-Sharof Rashidov ko’chalari chorrahasida haydovchi M.N. boshqaruvida bo’lgan Spark rusumli transport vositasi, haydovchi M.X. boshqaruvida bo'lgan Nexia-3 rusumli transport vositalari to’qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohat Spark avtomashina yo’lovchisiga birinchi yordam ko’rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Теги :
Жамият