$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 5-oktyabr voqealari

Qora 5-oktyabr

 Toshkentning ikki tumanida giyohvandlik moddasi saqlayotgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida 20-sentyabrdan giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash oyligi izchil davom ettirilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Uchtepa tumanida yashovchi Sh.N.ning xonadonida tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan 2 ta qop, 2 ta sellofan paket, 1ta gugurt qutisi va 1 ta qog‘oz o‘ramida, shuningdek, yerto‘lada 12 ta 3 litrlik bankada, 6 ta o‘ramda yashil rangli, o‘tkir hidli o‘tsimon moddalar saqlab kelingani aniqlandi.

To‘plangan hujjatlar tergov bo‘limiga taqdim etilgan.

Shuningdek, Chilonzor tumanida joylashgan sport zalining masʼul xizmatchisi, 1987-yilda tug‘ilgan Sh.ning yonidan 2 dona polietilen paketga solingan o‘tkir hidli, oq kukunsimon modda topilgan.

Qalbaki pullarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘ka tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida Qibray tumani, “Yuqori yuz” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.S. 100 AQSh dollarlik kupyuradagi qalbaki 3 200 AQSh dollarini fuqaro A.I.ga haqiqiy 1 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.Z. va boshqalar tadbirkor Sh.N.ning “Bunyodkor” MFY hududidagi savdo do‘konidan xarid qilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun qalbaki 100 ming so‘mlik kupyurani bergan vaqtida ushlanib, ularning yonidan jami 1,3 mln so‘m qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Toshkentdagi avariyada Nexia-3 yonib ketdi

Toshkentdagi Oybek-Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida Cobalt va Nexia-3 to‘qnashuvidan keyin Nexia-3 yonib ketdi.

Hodisa bugun, 5 oktyabr kuni soat 06:05 larda sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar haqida xabar kelib tushmagan.

To‘ng‘izni otib o‘ldirgan shaxslar javobgarlikka tortildi

Joriy yilning 4 oktyabr kuni Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat Milliy gvardiya hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan birgalikda Angren shahri “Jigariston” MFY hududida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Jigariston” MFY tog‘li hududida fuqarolar I.Z. va Y.B. tomonidan ov qurolida to‘ng‘izni otib o‘ldirganlik holati aniqlandi. Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi, 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, 7.500.000 so‘m miqdorida jarima chorasi qo‘llanilib, hayvonot dunyosiga 16.875.000 so‘m zarar yetkazganligi uchun tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga yuborilgan.

Ov quroli Angren shahar ichki ishlar bo‘limiga topshirildi, deyiladi Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabarida.

Теги :
Jamiyat