$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 4-oktyabr voqealari

qora 4-oktyabr

Haydovchi 9 o‘rinli avtomobilga 30 nafardan ortiq bolalarni olib harakatlandi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida haydovchi 9 o‘rinli transport vositasiga 30 nafardan oshiq bolani mindirib harakatlangani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB YHXB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, Kosonsoy tumanida xizmat faoliyatini olib borayotgan YPX xodimi harakatlanib ketayotgan Hyundai Starex rusumli transport vositasini to‘xtatib, avtomobilni tekshirganda. Mashinada bog‘cha bolalari borligi aniqlangan.

Bolalar avtomobildan tushirilib, sanab ko‘rilganda ularning soni 30 nafardan ham oshiqligi ma’lum bo‘ladi. Haydovchining hujjatlari tekshirilganda unda tegishli hujjatlar yo‘qligi aniqlangan.

Samarqandda fuqaro qabristondagi tulki uyasini kovlab, bolalarini olgani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda blogerlik faoliyatini olib boradigan fuqaro o‘zining sahifasiga O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan kapcha ilon, hind boygasi iloni, dasht qora iloni, bo‘z echkemari hamda tulki bolalariga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan videolarini yuklagan. Holat Samarqand tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, Samarqand tumani, “O‘rta Turkman” MFYda yashovchi fuqaro E.Sh. bu holatlar 2020-yilda do‘stlari bilan tog‘ sayriga chiqqanida bo‘lganini aytgan. Ular mahalliy ilonni tutib olgan va yana qaytib qo‘yib yuborgan.

Shuningdek, uyining orqa qismida joylashgan qishloq qabristonidagi tulki uyasini kovlab bolalarini olgani va aholi yashash manzilidan olisroqqa olib borib, qo‘yib yuborganini aytgan. Bunga sabab qilib uyidagi parrandalarni yeb ketayotgani ko‘rsatilgan.

Soxta havola yuborib o‘zganing qariyb 17 mln. so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Buxoro viloyatida yashovchi ayol S.M. ichki ishlar organiga murojaat qilib, bank kartasidan 16 mln 650 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘i nomaʼlum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Navoiy viloyatida yashovchi B.E. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan B.E. Telegram guruh va kanallarida “Alif nasiya” nomi ostida soxta havola tarqatib kelgan.

Bunga ishongan jabrlanuvchi ayol S.M. mazkur havola orqali o‘tib, iPhone 15 Pro Max telefon qurilmasini sotib olish uchun 16 mln. 650 ming so‘m miqdoridagi kredit rasmiylashtirgan. Ammo pullar uning ruxsatisiz avtomatik tarzda yechib olingan.

Toshkentdagi YTHda ikki haydovchi jarohat oldi

Kecha, 3-oktyabr kuni soat 19:40 larda Chilonzor tumani Do‘mbirobod ko‘chasi 128-uy qarshisida avariya sodir bo‘ldi.

Haydovchi, 2000-yilda tug‘ilgan Z.N. boshqaruvida bo‘lgan Changan rusumli transport vositasi va haydovchi, 1994-yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli transport vositalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

YTH natijasida tan jarohat haydovchilarga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

2 ta yengil avtomobil va traktor tirkamasi bilan YTH sodir bo‘ldi

Kecha, 3-oktyabr kuni Samarqand viloyatida Tracker, Nexia-2 hamda traktor tirkamasi bilan YTH sodir bo‘lishi oqibatida haydovchi jarohatlandi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 21:00 da Payariq tumani “Tomoyrot” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-48 avtomobil yo‘lining 25-kilometrida Tracker, Nexia-2 hamda traktor tirkamasi bilan YTH sodir bo‘lgan.

Oqibatda Nexia-2 rusumli transport vositasi haydovchisi tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Теги :
Jamiyat