$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 29-oktyabr voqealari

Qora 29-oktyabr

Toshkent tumanidagi 43 mingga yaqin xonadon 10 soat davomida gazdan uziladi

Toshkent tumanidagi xonadonlar va bir qator tashkilotlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkenttumangaz” xabar berdi.

Dastlab, hududdagi 42 948 ta xonadon, 610 ta ulgurji tashkilot va 41 ta ijtimoiy soha obyektlarida 30-oktabr kuni soat 8:00 dan ishlar yakunlangunga qadar gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtalishi belgilangandi.

Bu vaqtda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan bir me’yorda ta’minlash maqsadida gaz tarmoqlaridagi yozgi diafragmalarni qishki diafragmalarga almashtirish ishlari olib borilishi aytilgan.

Keyinchalik “Hududgazta’minot” AJ 30-oktabr kuni havo harorati pasayib ketishi tufayli ta’mirlash ishlari 1-noyabr, juma kuniga ko‘chirilganini ma’lum qildi. Ishlar soat 08:00 dan 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida olib boriladi.

Davr Bank tashqi reklamadagi kamchiliklar uchun moliyaviy jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasi mikrokredit bo‘yicha tashqi reklamadagi kamchiliklar uchun Davr Bank ATBga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llagani haqida xabar berdi.

O‘rganishlar davomida bank o‘z xizmatlarini tashqi reklamada ko‘rsatishda aniq ma’lumotlarni keltirmagan 2 holat aniqlangan.

Xususan, “Davr mobile ilovasida 50 mln. so‘mgacha onlayn mikrokredit” mazmunidagi reklama axboroti bilan tashqi reklama e’lonini bergan.

Mazkur reklama bo‘yicha bankning rasmiy veb-sayti o‘rganilganda, mikroqarz istalgan maqsadlarda foydalanish uchun ajratilishi, Davr mobile ilovasi orqali rasmiylashtirilishi, qarz oluvchi kamida oxirgi 6 oy davomida doimiy ish joyiga hamda oylik daromadga ega bo‘lgan bo‘lishi lozimligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, mikroqarz muddati — 60 oygacha, foiz stavkasi — 43,00 foiz, qarz miqdori — 50,0 mln. so‘m etib belgilanganligi aniqlangan.

Zangiotada qariyb yarim milliardlik o‘g‘irlik fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri, Zangiota tumani bo‘limlari va “Zangiotatumangaz” xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar R.D. va A.Z. tumandagi “Madaniyat” hamda “Farobiy” MFY hududidagi binolarda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 417,1 mln. so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Sherobod tumani bo‘limi va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.O. fuqaro U.B.ga tegishli “Qorabog‘” MFY hududidagi sexga o‘rnatilgan elektr hisoblagichga shikast yetkazib, 186,6 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Yo‘lovchining ahvoli yomonlashgani uchun Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyot ortga qaytdi

Bugun, seshanba kuni Toshkentdan Moskvaga parvoz qilgan Uzbekistan Airways samolyoti yo‘lovchilardan birining salomatligi yomonlashgani tufayli aeroportga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti aviakompaniya matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

“Parvoz payti yo‘lovchilardan birining ahvoli og‘irlashgani sababli ekipaj samolyotni aeroportga qaytarishga qaror qildi”, — deyiladi Uzbekistan Airways bayonotida.

Yo‘lovchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, uning birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan.

Shundan so‘ng samolyot Toshkent vaqti bilan 7:35 da Moskva tomon uchib ketgan.

Samarqanddagi do‘konlardan biri yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqda Samarqandda do‘kon yonib ketgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat FVB hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

Joriy yilning 29 oktyabr kuni soat 09:04 da Samarqand tumani Xo‘ja Ahror Valiy mahallasi Gʻalaba ko‘chasida joylashgan savdo do‘konlaridan birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida viloyat FVB ga xabar berilgan.

Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea joyiga soat 09:11 da yetib borib, soat 09:40 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida savdo do‘koning shift, tom qismi va kiyim-kechak mahsulotlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Теги :
Jamiyat