$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 28-oktyabr voqealari

Qora 28-oktyabr

Termiz shahri aholisi gaz ta’minotidan vaqtincha uziladi

Bugun, 28-oktyabr kuni soat 13:00dan 17:00gacha shahardagi barcha, jumladan, 41 mingdan ortiq aholi hamda 800 dan ortiq ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatildi.

Bunga Termiz shahrida joylashgan AGRS-2 tarmog‘ida o‘rnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib borilishi sabab qilib ko‘rsatildi.

Qayd etilishicha, qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklandi.

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistondagi elchisini lavozimidan ozod etdi

Sadir Japarov farmoni bilan 2022-yil aprelidan buyon ushbu lavozimda ishlab kelgan Musa Jamanbayev O‘zbekistondagi elchi lavozimidan ozod etildi.

Elchini ishdan bo‘shatish sabablari haqida hozircha ma’lumot yoq. Ilgari u prezidentning protokol xizmati rahbari lavozimida ishlab kelgan.

Quyma oltinlarni olib chiqib ketishga bo‘lgan urinish fosh qilindi

Toshkent xalqaro aeroporti orqali O‘zbekistondan qadimiy tangalar va quyma oltin bo‘laklarini kosmetika kremi ichiga yashirgan holda olib chiqishga bo‘lgan urinish naf bermadi.

Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, xorijiy mamlakatga uchib ketayotgan fuqaroning qo‘l sumkasi xodimlar tomonidan ko‘zdan kechirilganda, uning ichida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, umumiy og‘irligi 187 gramm bo‘lgan 6 dona oltin quymasi hamda 7 dona xitoy iyerogliflari tushirilgan tangalar uddaburonlik bilan kosmetika kremi ichiga yashirilganligi aniqlangan.

Shundan so‘ng ushbu fuqaro shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, uning yonidan og‘irligi 20 gramm bo‘lgan quyma tilla uzuk ham topilgan.

Ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu buyumlarning umumiy qiymati 223 mln. so‘mni tashkil qildi.

Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzitda harakatlanayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

So‘nggi kunlarda Qozog‘istonda ob-havoning keskin sovishi natijasida yo‘llarda qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Migratsiya agentligi Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan yoki tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqarolarga murojaatini e’lon qildi.

Agentlik yaqin haftalarda kuchli yomg‘ir, tuman va yo‘llarda muzlash holatlari kuzatilishi mumkinligi, bu esa avtoyo‘llarda harakatlanishni qiyinlashtirishi ehtimoli borligini ma’lum qilgan.

Shu munosabat bilan agentlik O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilish, ishonchli transport vositalaridan foydalanish va zarurat bo‘lmaganda uzoq masofalarga yo‘lga chiqmaslikka chaqirmoqda.

Теги :
Jamiyat