$
 12815.13
12.07
 13898.01
-4.83
 133.20
1.36
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest” : 2024-yil 21-oktyabr voqealari

Qora 21-oktyabr

Surxondaryoda benzindan “urib qolgan” AYoQSh aniqlandi

Surxondaryo viloyatida benzinni ko‘rsatilgan miqdordan kam bergan AYoQShning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.

O‘rganishlarda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan AYoQShda iste’molchilarga avtobenzinni to‘la hajmda sotilishi namunaviy o‘lchagich yordamida o‘lchab ko‘rilganda, ruxsat etilgan me’yordan tashqari har 10 litrdan 0,100 litr kam quyilayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Sirdaryoda ikki oʻquvchi qiz oʻqituvchini urdi

Sirdaryo tumanidagi 2-maktabda ikki oʻquvchi qiz va oʻqituvchi janjali aks etgan video tarqaldi.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea 7 oktyabr kuni Sirdaryo tumanidagi 2-maktabda sodir boʻlgan. Videoda oʻquvchi qizlar oʻqituvchi ayolga qoʻl koʻtarib, sochidan tortganini, oʻqituvchi ham ulardan birining sochini tortganini koʻrish mumkin.

Voqeaga guvoh boʻlgan boshqa oʻqituvchilar ularni ajratishga harakat qilgan.

Holat Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi va soha masʼullari nazoratiga olingan. Oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Samarqandda daraxt kesgan fuqaro 71 mln. so‘mdan ortiq jarimaga tortildi

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida tut daraxtini kesgan fuqaro 71 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida tumanning “Xo‘jayuz” MFY hududidagi tegishli ruxsatlarsiz sog‘lom ko‘karib turgan 1 tup tut daraxtini shu atrofda yashovchi fuqaro U.Z. tomonidan kesib tashlangani ma’lum bo‘lgan.

Shu bois fuqaroga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismiga muvofiq tabiatga yetkazilgan zarari uchun 71 million 250 ming so‘m qo‘llangan.

Haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.A. fuqaro M.M.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Ohangaron tumani bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.U. va A.P. fuqarolar I.E. va I.U.ga haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga 1 000 AQSH dollari va 20 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Теги :
Жамият