$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 20-oktyabr voqealari

Qora 20-oktyabr

Olmazorda “Damas” yo’lovchisining yonidan taqiqlangan modda aniqlandi

Joriy yilning 19-oktabr kuni Olmazor tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida Keles yo’li ko’chasi bo’ylab harakatlanib kelayotgan 29 yoshli U.S. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina to‘xtatilib xujjatlarini tekshirish davomida avtomashina yo’lovchisi 31 yoshli I.A. o’zini tutishi va gap so’zidan xodimlarda shubha uyg’otgan, xolislar ishtirokida yo’lovchining yon atrofi ko’zdan kechirilganda, yonidan jigar rangli, o’tkir hidli, quritilgan o’simlik moddasi topilgan. Holat bo’yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib fuqaro hamda aniqlangan modda Olmazor tuman IIO FMBga topshirilgan.

Chimkentda xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Chimkentda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 8 yildan buyon xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo’lga olindi. Bu haqida Kazinform XAA xabar bermoqda.

Xabarga ko’ra, qidiruvda bo‘lgan 41 yoshli shaxs Turon tumanidagi ijaraga olingan xonadonlardan birida ushlangan. Erkak hozirda sud qarori bilan respublika hududidan chiqarilib yuborilgan va Qozog‘istonga kirishi besh yilgacha taqiqlangan.

Toshkent viloyatida Spark qo‘ylar podasini urib yuborib, yonib ketdi

Voqea 19-oktyabr kuni soat 05:00 larda D 017 Olmaliq—Toshkent avtomobil yo‘lining 17-kilometrida sodir bo‘lgan. 1998-yilda tug‘ilgan D.Sh. Spark avtomobilini boshqarib ketayotganida qatnov qismida bo‘lgan qo‘ylar podasini urib yuborgan.

Haydovchi transport vositasini to‘xtatib, tushganidan so‘ng avtomobilda yong‘in kelib chiqqan.

Hodisa natijasida haydovchining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Spark to‘liq yonib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan Farg‘ona kanaliga tushib ketgan avtomobil olib chiqildi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas suvdan olib chiqildi. Uning ichida haydovchi va ikki farzandi bo‘lgan

Qayd etilishicha, 19-oktabr kuni 17:07 da Farg‘ona viloyati Toshloq tumani “Naymanbo‘ston” MFYda yashovchi fuqaroning boshqaruvida bo‘lgan Damas ehtiyotsizlik oqibatida Farg‘ona kanaliga tushib ketgani haqida FVBga xabar tushgan.

Xabarga asosan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olgan. Avtomobilda haydovchi bilan birga uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan. Haydovchi va ikki nafar farzandi avtomobil suvga tushgan vaqtda o‘z harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.

Hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Qashqadaryoda Gentra va Nexia to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi

Qashqadaryo viloyatida Gentra va Nexia avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YXXB xabar qildi.

Voqea 14-oktabr kuni soat 18:20 larda Nishon tumani “Samarqand” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-89 Qarshi-Nishon-Tallimarjon-Gres avtomobil yo‘lining 30-kilometrida sodir bo‘lgan. Unda quvib o‘tish qoidalarini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Gentra o‘z yo‘nalishida kelayotgan Nexia bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia haydovchisi jarohat olib vafot etgan. Transport vositalarida bo‘lgan yo‘lovchilar esa shifoxonada yotqizilgan.

Теги :
Жамият