$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 2-oktyabr voqealari

Qora 2-oktyabr

 Samarqandda KamAZ o‘z yo‘nalishidagi 7 ta avtomobil bilan to‘qnashib ketdi

1-oktyabr, seshanba kuni Samarqand shahar hududidan o‘tuvchi M-37A avtomobil yo‘lining 42 kilometirida “KamAZ” yuk transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Viloyat IIB YHXB bergan ma’lumotga ko‘ra, yuk mashinasining tormoz qismida nosozlik yuzaga kelganligi sabab, u o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan yettita yengil transport vositalarining ortidan kelib urilgan.

Hodisada tan jarohati olgan va vafot etganlar qayd etilmagan.

Oyoq kiyim ichida 30 000 AQSh dollari

Buxorodagi “Olot” chegara bojxona posti orqali katta miqdordagi AQSh dollarini oyoq kiyimi ichiga yashirib, uni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketishga bo‘lgan uringan shaxs ushlandi.

Ta’kidlanishicha, “Olot” chegara bojxona postiga piyoda sifatida kirib kelgan xorijiy davlat fuqarosi R.Ch. tegishli tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Dastlab, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida R.Ch. 5 000 AQSh dollari hamda 38 million so‘m miqdorda milliy valyutalarni taqdim etgan. Ushbu naqd pullar qayta hisob-kitob qilingan vaqtda esa 5 000 AQSh dollari, deya berilgan valyutalar aslida, 10 000 AQSh dollari, milliy valyutalar esa 38 million so‘m emas balki, 61 580 000 so‘m ekani aniqlangan.

Holatga oydinlik kiritish uchun bojxona ko‘rigi tayinlangan. Ko‘rik davomida R.Ch. yana 30 000 AQSh dollarini oyoq kiyimi ichidan va 10 000AQSh dollari yon cho‘ntaklaridan topilgan.

Maktab o‘quvchisi ustiga futbol maydonidagi darvoza qulashi tufayli vafot etdi

Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 17 yoshli maktab o‘quvchisi futbol maydonidagi darvoza to‘sini qulashi oqibatida halok bo‘ldi.

Aniqlanishicha, Olmazor tumanidagi 133-maktabning 11-sinf o‘quvchisi M.A. 2024 yil 27 sentabr kuni soat 21:00-22:00 lar atrofida sinfdoshlari bilan futbol o‘ynagani borgan.

O‘yin tugagandan so‘ng M.A. stadion darvozasi to‘siniga osilgan va muvozanatni ushlay olmay yiqilib tushgan. Shu paytda darvoza yiqilib uni bosib qolgan. Sinfdoshlar M.A.ni darhol darvoza tagidan chiqarib olishgan va tibbiy tez yordam mashinasini chaqirishgan. Tez yordam mashinasi 40 minutda yetib kelgan. Og‘ir jarohatlangan M.A.ni Toshkent pediatriya tibbiyot institutining jonlantirish bo‘limiga olib borishayotganda uning joni uzilgan.

Tibbiy xulosaga ko‘ra bemor qorin yopiq jarohati, jigar yorilishi, jigar venasi uzilishi, ichki qon ketishi, travmatik shok oqibatida vafot etgan.

Xorijiy davlatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.N. va D.I. fuqaro A.Jning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida aylanma yo‘llar orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 14 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro F.U. fuqarolar Q.H. va S.K.ning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Angliya davlatiga ishga yuborishi evaziga 2 500 AQSH dollari va 2,5 mln. so‘m pulini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Теги :
Жамият