$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 19-oktyabr voqealari

Qora 19-oktyabr

Toshkent viloyatida salkam 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi hududida bugun mahalliy vaqt bilan tungi 01:32 da (18.10.2024 yil, Grinvich bo‘yicha 20:32 da) zilzila sodir bo‘ldi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, episentr: Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani. Zilzila koordinatalari: 41,03 gradus shimoliy kenglik; 69,39 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 10 km.

Zilzila epitsentri Toshkentdan 30 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Nurafshon shahrida 2 ball, 4 km.

O‘rta Chirchiq tumanida 2 ball, 8 km.

Bank xodimlari 60 ming dollarni o‘g‘irlaganlikda gumonlanmoqda

Toshkentda bank xodimlari 60 ming dollarni o‘g‘irlaganlikda gumonlanmoqda

Sergeli tumanida fuqaro ipoteka kreditiga bergan 61 ming dollarni yo‘qotgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida tijorat banklaridan birining viloyat bo‘limi yetakchi mutaxassisi va yana bir fuqaro tumanda yashovchi fuqaroga yaqinda qurilgan uylardan birini sotib olish uchun ipoteka krediti berishni va’da qilgani aniqlangan.

Biroq, buning o‘rniga ular undan dastlabki to‘lov uchun mo‘ljallangan 61 000 dollarni o‘g‘irlab ketishgan.

Chilonzordagi chorrahada ikki mashina to‘qnashdi

Joriy yilning 19-oktyabr kuni soat 00:30 larda Chilonzor tumani Muqimiy-Chilonzor ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Haydovchi 2001-yilda tug‘ilgan A.J. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli transport vositasi va haydovchi 1998-yilda tug‘ilgan A.K. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli transport vositalari to‘qnashgan.

YTH natijasida Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi 2001-yilda tug‘ilgan T.B. hamda Spark rusumli avtomashina haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

Namanganda sodir bo‘lgan YTHda 8 yoshli bola halok bo‘ldi

Namangan shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 8 yoshli bola halok bo‘lgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2024 yil 22-sentabr kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni soat 12:30 da Diyor ko‘chasida “GAZ-53” rusumli yuk mashinasi haydovchisi o‘zidan oldinda velosiped boshqarib ketayotgan bolani payqamay qolgan.

 

“Bu kun” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, bola velosiped bilan keskin chapga qayrilgan vaqtda yuk mashinasi haydovchisi uni ko‘rmay qolib urib yuborgan.

Oqibatda, bola og‘ir tan jarohatlari olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Biroq muolajalarga qaramasdan u vafot etgan.

Surxondaryolik kishining 22 mln so‘mini aldab olgan soxta sotuvchi qo‘lga tushdi

Surxondaryo viloyatida yashovchi T.M. ichki ishlarga murojaat qilib, 22 mln so‘m pulini yeb ketgan noma’lum shaxs ustidan arz qildi.

Tezkor-qidiruv xizmatining Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatni sodir etgan shaxs — Toshkent shahrida yashovchi M.O. qo‘lga olingan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, M.O. jabrlanuvchi T.M. bilan Telegram messenjeridagi “Abusahiy optom” nomli guruh orqali tanishgan. Unga o‘zini Abu Saxiy bozorida erkaklar kiyim-kechaklarini ulgurji narxlarda sotuvchi tadbirkor deb tanishtirgan. Unga xarid qilingan kiyim-kechaklarni yetkazib berishini aytib, oldindan 22 mln so‘m pulni taksi orqali olishga o‘zaro kelishilgan.

Shundan so‘ng M.O. taksichi Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahriga keltirgan bu pullarni aravakash yordamida olib, Paynet shaxobchasida o‘zi taqdim qilgan bank kartasiga o‘tkazdirib olgan. Keyin yozishmalarni o‘chirib yuborib, xaridorning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.

Теги :
Jamiyat