$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 16-oktyabr voqealari

Qora 16-oktyabr

Qadimiy oltin tangalarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi 1966-yilda tug‘ilgan A.X. 100 dona oltin tangani Andijon shahrida yashovchi 1963-yilda tug‘ilgan E.S.ga 67 ming dollarga sotgan vaqtida ularning ikkisi ham ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, fuqaro A.X.ga tegishli avtomashinadan qo‘shimcha 37 dona oltin tanga ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof og‘irligi jami 776 gr bo‘lgan 5 va 10 rubl ko‘rinishidagi oltin tangalar numizmatik ashyolar sifatida madaniy boyliklar sirasiga kiradi hamda badiiy, tarixiy ahamiyatga ega hisoblanadi.

1 million dollarlik narkologik laboratoriya yopildi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari DXX vakillari bilan hamkorlikda bir necha manzillarda sintetik giyohvandlik vositalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan fuqaroni qo‘lga oldi.

Ulardan biri Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uyda joylashgan. Ushbu laboratoriyada 4,8 kg giyohvandlik moddasi aniqlangan.

Ikkinchi narkolaboratoriyada, ya’ni Toshkent viloyatidagi ushlangan shaxsning uyidan 10 kg ga yaqin sintetik giyohvandlik vositalari, turli konteynerlar, qo‘lqoplar, tarozi va boshqalar musodara qilindi.

Jami 14 kg 795 g sintetik giyohvand moddalar aniqlandi, ularning qiymati taxminan 1 million dollarni tashkil qiladi.

Andijonda Damas va Spark toʻqnashib, yonib ketdi: qurbonlar bor

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 13 oktyabr kuni tungi soat 01:30 larda Ulugʻnor tumani “Oʻzbekiston” mahallasi hududidan oʻtgan 4R-81 “Namangan — Mingbuloq” transport qatnov yoʻlida sodir boʻlgan.

Damas hamda Spark rusumli transport vositalari toʻqnashuvi oqibatida oʻlim va tan jarohati bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan.

Ushbu YTH Spark rusumli transport vositasining haydovchisi charchoq holatida uxlab qolib, rul boshqaruvini yoqotgan va arama-qarshi tomoniga oʻtib ketgan.

Oqibatda, oʻz yunalishida kelayotgan Damas rusumli transport vositasi bilan toʻqnashib ketgan. Natijada, har ikkala transport vositalari toʻliq yonib ketgan.

Maʼlumotga koʻra, YTH oqibatida, ikki kishi voqea joyida vafot etgan. Yana ikki nafar fuqaro esa ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Zangiotadagi YTHda 15 yoshli bola jabrlandi

Joriy yilning 15-oktyabr kuni soat tahminan 12:00 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani Nayman MFY hududidan o‘tgan D 004 "Toshkent sh. — Keles sh. — Qozoqkentsoy q. — M39 avtomobil yo‘li (820 km.ga)" avtomobil yo‘lining

16-kilometrida xaydovchi 1989-yilda tug‘ilgan M.Z “Vaz 2101” rusumli transport vositasida yo‘l harakati qoidalarini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan holda, svetafor chiroqlariga amal qilmasdan xarakatlanib kelayotgan vaqtida ushbu yo‘lga qo‘shilish maqsadida ichki ko‘chadan chiqib kelgan xaydovchi 1987-yilda tug‘ilgan Q.Q boshqaruvidagi "Niva" rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Ushbu yth natijasida “Vaz 2101” rusumli avtomobil yo‘lovchisi 2009-tug‘ilgan A.Z yengil tan jarohati olib tuman shifohonasiga murojaat qilgan.

Теги :
Jamiyat