$
 12780.14
11.84
 13980.20
19.34
 133.11
1.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 15-oktyabr voqealari

Qora 15-oktyabr

Toshkentda o‘zgalarning avtomobillarini olib qochgan shaxslar 7 yilga “kesildi”

Toshkent shahri Yashnobod tumanida avtoturargohda turgan Damasni olib qochgan yigitlar 7 yilda ozodlikdan mahrum qilindi.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, holat 2023 yil 12 dekabr kuni tumanning Tarnovboshi mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Ular dastlab fuqaro M.T.ga tegishli bo‘lgan Damasni olib qochgan.

Ammo u yo‘lda o‘chib qolgach, yigitlar boshqa Damas`ga o‘tirib, uni ham haydab ketgan. Huquqbuzarlar o‘g‘irlangan mashinada ketayotganda ularni yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi ularni Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) bilan aybli deb topdi.

Baxshiqul Tog‘ayev vafot etdi

O‘zbekiston xalq baxshisi, II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali sovrindori, ko‘plab respublika va xalqaro tanlovlar g‘olibi, davlat mukofotlari sohibi Baxshiqul baxshi Tog‘ayev 64 yoshida vafot etdi.

Baxshiqul Tog‘ayev baxshichilik san’atini rivojlantirishda, uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishda fidokorona xizmat qilgan.

Sirdaryoda uch kishini o‘ldirgan sobiq IIB xodimi umrbodga qamaldi

Sirdaryo tumanida 2024-yilning aprel oyida bir oilaning uch a’zosini o‘ldirib, jasadlarni yoqib yuborgan sobiq IIB xodimiga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Unga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchi 2022-yildan 2023-yilgacha IIB jamoat tartibini saqlash bo‘limida maxsus qabulxona navbatchilik qismi inspektori lavozimida ishlagan.

Erkak 26-aprel kuni fuqaro E.K. (ayol)ning uyiga borgan va suhbat davomida ular orasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Ayol erkakning otasi va qizini haqoratlagani sababli janjal kelib chiqqan.

Shundan so‘ng sudlanuvchi xonada bo‘lgan o‘tkir tig‘li ayollar tirnog‘ini tekislash vositasi bilan jabrlanuvchining bo‘yin, jag‘ va peshona sohalariga bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.

Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.Q.” MCHJ avtomaktabi xodimi J.J. 4 nafar fuqaroga go‘yoki Sirdaryo viloyati IIB YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomalarini olib berishini aytib, evaziga fuqaro U.J.dan jami 1 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro M.A. fuqaro N.O.ga go‘yoki Qashqadaryo viloyati IIB YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga jami 300 AQSH dollari va 2,3 mln. so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 1,6 mln. so‘mning qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Bobur koʻchasining bir qismi 1 oyga yopiladi

Poytaxtning Yakkasaroy tumanida joylashgan Bobur koʻchasining bir qismi 16-oktyabr kunidan 15-noyabr kuniga qadar mashinalar harakati uchun yopiladi. U yerda 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.

Ta’kidlanishicha, Shayxontohur tumani hududidagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Yakkasaroy tumanining Bobur ko‘chasi Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishmasidan Seul ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Теги :
Жамият