$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 14-oktyabr voqealari

Qora 14-oktyabr

Buxoroda bir ayol va yigitni pichoqlagan erkak ushlandi

Buxoro viloyati Kogon shahrida bir erkak tomonidan ayol kishi va yigitni pichoqlangani aks etgan video tarqalgandi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan ma’lumot berdi.

13-oktyabr kuni taxminan soat 13:10 da Kogon shahrida 1971-yilda tug‘ilgan A.G. ilgaridan mavjud bo‘lgan kelishmovchilik oqibatida ikki tanishi — 1963-yilda tug‘ilgan ayol N.A. va 1995-yilda tug‘ilgan U.D.ni qasddan o‘ldirish maqsadida tanalarining turli sohalariga oshxona pichog‘i bilan urgan.

Oqibatda yigit shahar tibbiyot birlashmasida olgan tan jarohatlari bilan vafot etgan. Ayolga shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida YTH sodir bo‘lib, oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Matbuot xizmati xabar qildi.

Hodisa 2024-yil 11-oktyabr kuni soat 05:45 da Namangan viloyati Pop tumani Qamchiq dovoni hududida sodir bo‘lgan.

38 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Toyota Prado avtomashinasi belgilanmagan joyda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, 28 yoshli piyoda og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Tovuq fermasida mayning ferma aniqlandi

Qayd etilishicha, “O.P.N.” MChJ rahbari A.I. Navoiy shahridagi parranda yetishtirish binosida 3 dona “Innosilicon T3+” rusumli mayning va boshqa qurilmalarni o‘rnatib, 106,5 mln. so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan A.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan.

Qo‘shimcha qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Namanganda yigit manyovrlar oqibatida mashina yukxonasidan yiqilib, vafot etdi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi IIV axborot xizmati.

Qayd etilishicha, holat 2-oktabr kuni soat 16:00 atrofida tumanning Bog‘ibaland ko‘chasidagi ichki yo‘llardan birida sodir bo‘lgan.

21 yoshli “VAZ-2107” haydovchisi do‘stini mashina yukxonasiga o‘tqizib olib, turli manyovrlar qilib harakatlangan.

Yukxonadagi yigit ehtiyotsizlik oqibatida yerga yiqilgan va turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muojalarga qaramay, 12-oktabr kuni vafot etgan.

Xodimlariga oylik bera olmagan korxonaning texnikalari xatlandi

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 154-moddasida Ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq to‘lashi shartligi belgilangan.

Majburiy ijro byurosining Forish tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor “Karbonat” AJ hisobidan 93 nafar fuqarolar foydasiga jami 1 mlrd 891 mln so‘mlik ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, ijro harakatlari davomida qarzdordan 87 mln. so‘m undirilib, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 80-moddasi talabi asosida taqsimlab berilgan.

Shuningdek, ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan EKG-5 va EKG 4.6 rusumli ekskovatorlari xatlangan.

Toshkentda qalbaki dorilarning katta partiyasi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi, DXX va DBQ xodimlari hamkorligida tumandagi Chorbog‘ ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar A.A. va D.A. soxta sertifikatga ega bo‘lgan jami 4 000 quti “Xitofer-S 5 ml” nomli dori vositasini fuqaro M.X.ga 43 750 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

O‘tkazilgan ekspertiza xulosalariga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu dori vositalari qalbakilashtirilganligi qayd etilgan.

Теги :
Jamiyat