$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 13-oktyabr voqealari

Qora 13-oktyabr

 Toshkent viloyatida 375 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini saqlab kelgan shaxs ushlandi

Maʼlum qilinishicha, Yuqori Chirchiq tumanida 1982-yilda tug‘ilgan shaxs (qora bozordagi taxminiy narxi 50 mln. so‘m bo‘lgan) 375 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxs daliliy ashyo bilan ushlangan.

Holat yuzasidan qo‘lga olingan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 251(1)-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘onadagi “zapravka” 456 mln.lik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Marg‘ilon shahridagi bitta AGTKSh 456 mln. so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

“O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Marg‘ilon shahridagi “S.F.G” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasi manfaatiga 456 mln. so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Yunusobodda yangi qurilayotgan binoning tomi yonib ketdi

Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 3-daha “Akbarobod” MFY hududidagi yangi qurilayotgan binoda 13-oktyabr kuni soat 15:28 da yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Bu haqda shahar FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:36 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:03 da yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida yangi qurilayotgan binoning tom qismi yonib zararlangani aniqlandi. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

O‘FA futbol muxlislarini ogohlantirdi

O‘FA qalbaki chiptalar borasida futbol muxlislarini ogohlantirdi. 15 oktyabr kuni Jahon chempionati saralash turniri doirasida O‘zbekiston va BAA terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

“Ushbu uchrashuvga qiziqish yuqori bo‘lmoqda. Shu o‘rinda chiptalarni noqonuniy olib sotish hamda soxtalashtirish holatlari uchrayotgani haqida ogohlantiramiz! Aynan mana shu holatlar sababli avvalgi o‘yinga ko‘plab insonlar qalbaki chiptalar olgan holda stadionga kira olishmadi. Bunday nopok ishga qo‘l urganlarga qat’iy chora ko‘rilishini ma’lum qilamiz.

Futbol muxlislarini chayqovchilar qo‘lidan chipta olmaslikka chaqiramiz. Qalbaki chiptalar bilan stadionga kiritilmasligi haqida ogohlantiramiz!”, deyiladi assosiatsiya xabarida.

Теги :
Jamiyat