$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 12-oktyabr voqealari

Qora 12-oktyabr

Sergelidagi portlash aybdorlariga hukm o‘qildi

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida 2023-yilning sentyabr oyida dahshatli portlash sodir bo‘lgandi.

“Interlogistics” MChJ hududidagi omborxonada yuz bergan yong‘in va portlash oqibatida jami 163 nafar kishi jabrlangan. Ularning 150 nafari yengil va 13 nafari og‘ir tan jarohati olgan. Bir nafar voyaga yetmagan fuqaro vafot etgandi.

Kuni kecha portlashda aybdor deb topilganlarga sud hukmi o‘qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra, “Inter Logistics” MChJ direktori F.S., qo‘riqlash (harbiylashgan, yong‘indan saqlanish, qorovullik) boshlig‘i F.A., “Polychem” MChJ direktori S.B. va ombor mudiri N.K. aybli deb topilib, ularning barchasiga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Mahkumlar tayinlangan jazoni manzil koloniyada o‘tashi belgilandi.

Qarshi shahri va Denov tumanida 372,2 mln. so‘mlik iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan U.D. “I.S.” MCHJga qarashli “Qiziltepa” MFY hududidagi savdo do‘konida qalbaki aksiz markali turli nomdagi jami 1 791 dona alkogol mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, umumiy bahosi 51,2 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.S.” MCHJ rahbari Sh.A. “S.Sh.” MCHJga qarashli Denov tumani “Nurli manzil” MFY hududidagi omborxonada 4 turdagi jami 11 697 dona umumiy bahosi 321 mln. so‘mlik iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkentda hovlisida qurol va narkotik saqlagan erkak qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida o‘z yashash xonadonida giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1972-yilda tug‘ilgan, Uchtepa tumanida yashovchi shaxs xonadonida giyohvandlik vositalarini yetishtirib, saqlab kelayotgani aniqlangan. Uning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, xonadon yerto‘lasida quritib qo‘yilgan 85 tup 14 kilogramm 365 gramm, omborxonasidan esa 31 ta turli xil qog‘oz bo‘laklariga qadoqlangan 1 kilogramm 480 gramm, jami – 15 kilogramm 865 gramm giyohvandlik moddalari topilgan.

Shuningdek, hovlisida 3 tup kannabis giyohvandlik o‘simligi hamda noqonuniy saqlanayotgan 1 dona pnevmatik qurol borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirgan.

Namangandagi suv taqsimlash inshootida 1,2 mlrd. so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “K.I.S.T.” MCHJga qarashli suv taqsimlash inshooti hech qanday asoslantiruvchi hujjatlarsiz tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulaganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu holat sababli elektr taʼminoti korxonasi manfaatiga 1 milliard 265 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Теги :
Jamiyat