$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 11-oktyabr voqealari

Qora 11-oktyabr

 Toshkentda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Kecha, 10-oktyabr kuni soat 23:30 larda Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida fojiali yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, 1984-yilda tug‘ilgan B.Q. boshqaruvida bo‘lgan “Spark” hamda 2004-yilda tug‘ilgan I.T. boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv yuz bergan.

YTH natijasida “Spark” haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ushbu avtomashina ichida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchilari hamda “Matiz” haydovchisi birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Avtokredit evaziga xarid qilingan avtomashinani sotib yuborgan shaxslar aniqlandi

Mirobod tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar S.V. U.D. va A.I. o‘zaro til biriktirib tijorat banki filialidan A.I.ga avtotransport vositasini sotib olish uchun ajratilgan kredit mablag‘i evaziga xarid qilingan “Lixiang L9 Max” rusumli avtotransport vositasini garovga taqdim etmasdan boshqa bir fuqaro A.Z.ga sotib yuborishib, bank manfaatlariga 587,4 mln. so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Chinor” YPX maskanida Farg‘ona-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelgan “Epica” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganida, yo‘lovchi M.O. 37 dona “Regapen” va 2 dona “Tropikamid” nomli inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda eas “G.S.” xususiy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchisi A.T. tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 3 ta kapsula “Omnadren” nolmi dori vositasini 120 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 850 dona “Karbamazepin” va 22 dona “Omnadren ” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Norin tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.U. tuman ETK montyori Sh.A. bilan o‘zaro til biriktirib, xonadonida o‘rnatilgan uch fazali elektr hisoblagichni hisob dasturiga kiritmasdan jami 319,3 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Andijon shahar bo‘limi va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.A. “Yuksalish” MFY hududidagi fuqaro O.A.ga tegishli sport klubi binosida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘idan o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 226,3 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Теги :
Jamiyat