$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 1-oktyabr voqealari

Qora 1-otyabr

Toshkentda xonadonida 38 kg giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi

IIV Tezkor-qidiruv departamenti va Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan poytaxt hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xonadonida katta miqdordagi giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi.

27-sentabr kuni Toshkent shahri Uchtepa tumani Oqmachit mahallasida yashovchi shaxsning xonadoni ko‘zdan kechirildi. 1962-yilda tugʻilgan, muqaddam sudlangan ushbu shaxs yashash xonadonining omborxonasida quritib qo‘yilgan 2 tup 10 kg “Kannabis” giyohvandlik o‘simligi, 13 ta bankada 13 kg, 3 ta korobkada 12 kg 200 gr, 2 qopda 2 kg, qora selofan paketda 700 gr, hamda bir nechta qog‘oz bo‘lagida 200 gr, jami 38 kg 100 gr “marixuna” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Toshkentda ichida haydovchisi bo‘lgan “Jiguli” yonib ketdi

Joriy yilning 30-sentyabr kuni soat 20:20 larda Toshkent viloyati Qibray tumani Mexnat MFY hududidan o‘tgan D008 raqamli "M39 avtomobil yo‘li (813 km.dan) — May q. — Chirchiq sh." avtomobil yo‘lining 10-kilometrida harakatlanib ketayotgan haydovchi 1990 yilda tug‘ilgan M.F. boshqaruvidagi “Vaz 2106” rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in natijasida avtomobil to‘liq yonib ketgan. Haydovchi avtomobildan tushib qolgan. (Harakat vaqtida avtomobilda yo‘lovchilar bo‘lmagan)

Ushbu yong‘in natijasida hech qaysi harakat ishtirokchisi sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.

Samarqanddagi postda pnevmatik qurol olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyati “Dovut-ota” chegara bojxona postidan noqonuniy pnevmatik qurollar va o‘qlar olib o‘tilayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Dovut-ota” chegara bojxona posti orqali Rossiya Federatsiyasidan kirib kelgan kurerlik jo‘natmalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida yo‘lovchi tomonidan 1 dona 4.5 mm pnevmatik to‘pponcha, 2 dona gazballon, 1 dona tozalash uchun mo‘ljallangan anjom, 2 dona o‘qdon va 700 dona pnevmatik qurol uchun o‘qlarni hech qanday hujjatlarsiz olib kelinayotgani aniqlangan.

Bundan tashqari, qo‘shni davlatdan mamlakatga kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklaridan 1 dona gazballonli to‘pponcha, 11 dona gazballon, 1 dona o‘qdon, 1 dona pnevmatik to‘pponcha uchun g‘ilof va 2000 dona pnevmatik to‘pponcha uchun temir sharikli o‘qlar borligi ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, transport vositasining oldi tomonidagi o‘rindiqlar orasiga vazni salkam 3 kg bo‘lgan ov miltig‘i o‘qining kapsulalarini xufiyona tarzda yashirib olib o‘tishga urinish holatlari fosh etilgan.

Ishlash uchun AQShni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida fuqaro J.Y. fuqaro D.T.ning ishonchiga kirib, uni aylanma yo‘llar orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur tadbir Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan va holat yuzasidan ayni paytda Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqarolar M.R va RM. ikki nafar qo‘shnisi M.R va S.Rning ishonchiga kirib, ularni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga jami 18 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tumani bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, g‘isht mahsulotlari ishlab chiqarishda “Beshpaxlavon” MFYdagi nasos stansiyasi hududida suv nasosini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 411,4 mln. so‘mlik elektr energiyachsidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan

Shu kabi, Departamentning Xonobod shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “V.k.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar MCHJning Andijon tumani, “Otchopar” MFY hududidagi suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 200,6 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Toshkentda o‘zini treyder deb tanishtirib, o‘zganing 7 mln. so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyatida yashovchi ayol P.Sh. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 7 mln. so‘m pullari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi A.S. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan A.S., jabrlanuvchi P.Sh. bilan Telegram orqali tanishib, unga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini birja orqali oz fursatlarda ko‘paytirib berishini vaʼda qilgan. So‘ng aldov yo‘li bilan 7 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Теги :
Жамият