Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +16° kechasi +9°

Yil davomida narxlar qayerga qarab “uchmoqda”?

Avgust oyida va yil davomida iste’mol sektoridagi narxlar o‘sishi haqida statistika agentligi ma’lumot berdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Yil davomida narxlar qayerga qarab “uchmoqda”?

Avgust oyida va yil davomida iste’mol sektoridagi narxlar o‘sishi haqida statistika agentligi ma’lumot berdi.

2024-yil va avgust oyidagi narxlar o‘sishi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning avgust oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 % ga qimmatlashgan.  

Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik (2023-yil avgust oyiga nisbatan) o‘sish darajasi 10,5 % ni tashkil etgan.  

2024-yilning avgust oyida iste’mol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,3 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,8 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,4 % ga oshgani kuzatilgan.

Statistikaning hisoblanishi

Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 120 mingdan narxlar qayd etilgan. 

420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

2023-2022-yildagi natijalar

2023-yilning shu davrida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha o‘sish darajasi ham 0,5 % ga oshgan. Ammo yillik narxlarning o‘sishi 9,0 % ni tashkil etgan. 

Bundan kelib chiqadi-ki, 2022-2023-yildagi yillik narx o‘sishi 2024-yildagi hisobga qaraganda 1,5%ga pastroq bo‘lgan.