$
 12969.56
-10.77
 14768.44
-10.96
 157.09
2.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Fevral oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari 0,5 foizga oshgan

statistika

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning fevral oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,5 % ga qimmatlashgan.

Narxlar o‘tgan yilga nisbatan necha foizga o‘sgan?

Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik 2024-yil fevral oyiga nisbatan o‘sish darajasi 10,1 % ni tashkil etgan.

2025-yilning fevral oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,6 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,8 % ga oshgani kuzatilgan.

420 xil turdagi oziq-ovqatlarning narxlari kuzatilgan

Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 170 mingdan ziyod narxlar qayd etilgan.

420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.