Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +9°

Ish vaqtida balandlikdan yiqilgan ishchiga 70 mln. so‘mga yaqin nafaqa puli undirib berildi

Uzoq vaqtlardan beri ish vaqtida olgan tan jarohati yoki shu kabi holatda mehnat layoqatini vaqtincha yo‘qotgan fuqarolarga nafaqa pullari undirib berilmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Ish vaqtida balandlikdan yiqilgan ishchiga 70 mln. so‘mga yaqin nafaqa puli undirib berildi

“O‘zmetkombinat” ishchisiga 70 mln. so‘mga yaqin nafaqa puli undirib berildi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi. 

Nafaqa puli undirildi

Ma’lum qilinishicha, korxona elektr payvandchisi H.Umarov 2024-yil 12-fevral kuni mehnat vazifasini bajarayotganda balandlikdan yiqilib, tan jarohati olgan. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi davlat mehnat inspeksiyasi ko‘magi bilan unga mehnat layoqati ma’lum muddatga yo‘qotilgani yuzasidan to‘lanishi lozim bo‘lgan 69,3 million so‘m nafaqa puli sug‘urta kompaniyasidan undirib berildi.

Bu birinchi holat emas

Bundan avval Toshkent viloyatida vafot etgan xodim uchun to‘lanmayotgan 340 mln. so‘m to‘liq undirib berilgani haqida xabar ham qilingandi. 

Korxona uning oila a’zolariga to‘lanishi lozim bo‘lgan 340 million so‘m miqdoridagi zarar pullarini 1 yildan ortiq vaqt davomida to‘lamay kelgan. 

Davlat mehnat inspeksiyasi aralashuvi bilan ushbu summa marhumning oila a’zolariga korxonadan to‘liq undirib berilgandi.