$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Urush tugashiga oz qoldi – Zelenskiy

Zelensky

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShga tashrifi doirasida AQSh prezidenti va prezidentlikka nomzodlar bilan uchrashuvda o‘zining “g‘alaba rejasi”ni taqdim qilishini ma’lum qildi.

Rossiya tinchlik muzokaralarini to‘xtatgan

Kursk operatsiyasi boshlangandan so‘ng, Rossiya hukumati Ukraina Qurolli kuchlari ushbu hududdan chiqarib yuborilmaguncha, Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini bekor qildi. Biroq Vladimir Zelenskiy urushning oxiri hamma o‘ylagandan ham yaqinroq, deb hisoblaydi.

Mojaroning yakuni yaqin

Bir kun avval AQShga borgan Ukraina prezidenti ABC News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroning tugashi o‘ylagandan ham yaqinroq ekanini aytdi.

“Menimcha, biz o‘ylagandan ko‘ra tinchlikka yaqinroqmiz. Urush tugashiga oz qoldi. Biz faqat juda kuchli bo‘lishimiz kerak”, — dedi Zelenskiy.

Zelenskiyning “g‘alaba rejasi”

Uning fikricha, Ukraina faqat “kuchli pozitsiya” bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni mojaroni tugatishga undashi mumkin.

Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasi arafasida AQShga bordi. Ukraina prezidenti shuningdek, Jo Bayden va AQSh prezidentligiga nomzodlar — Kamala Harris va Donald Tramp bilan uchrashishni rejalashtirgan. Ularning barchasiga o‘zining “g‘alaba rejasi”ni taqdim etishni rejalashtirgan.

Kreml Zelenskiyning “g‘alaba rejasi” haqida hali izoh bermadi.