$
 11778.45
5.5
€
 13198.93
-25.62
₽
 138.35
-2.79
weather
+26
Кечаси   +14°

Raqobat qo‘mitasi elektron savdo bo‘yicha murojaatlar statistikasini e’lon qildi

uzum

Yil boshidan buyon Raqobat qo‘mitasiga elektron savdo bilan bog‘liq jami 1 230 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 446 tasi yoki 36,2 foizi Uzum Market bilan bog‘liq.

Shu o‘rinda 36,2 foiz Uzum Market xaridorlarining norozi qismi emas, balki elektron savdo bo‘yicha Qo‘mitaga kelib tushgan barcha murojaatlar orasidagi ulush ekanini hisobga olish lozim.

Uzum’ning 2025-yil yakunlari bo‘yicha e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniyaning elektron savdo xizmatlarida buyurtmalar soni 34 milliondan oshgan. Ushbu ko‘rsatkich bilan solishtirilganda, Qo‘mitaga kelib tushgan 446 ta murojaat umumiy buyurtmalar hajmining juda kichik qismini tashkil etadi.

Raqobat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 1 230 ta murojaatning 704 tasi bo‘yicha iste’molchilar huquqlari tiklangan. Yana 453 ta murojaat bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berilgan. Shu bilan birga, iste’molchilarda yuzaga keladigan masalalarning bir qismi marketpleyslarning o‘z qo‘llab-quvvatlash xizmatlari orqali ham hal etiladi.

Uzum Market mamlakatdagi yirik elektron savdo platformalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya ta’kidlashicha, bugungi kunda uning tarmog‘i 700 dan ortiq aholi punktida 2 mingdan ziyod buyurtma topshirish punktlarini qamrab olgan. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, platformadagi tovar pozitsiyalari soni 200 milliondan oshadi.

Shu bois elektron savdo platformalari faoliyati va iste’molchilar murojaatlari statistikasini baholashda murojaatlarning mutlaq soni bilan birga, platformaning umumiy buyurtmalar hajmi, foydalanuvchilar ko‘lami va murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalarini ham hisobga olish muhim.

Теги :
Jamiyat