$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

BMT va Isroil munosabatlari “eng yomon” darajaga yetmoqda

positive

Isroil tashqi ishlar vaziri Isroil Kas BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni “non grata" deb e’lon qilish va uning mamlakat hududiga kirishini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Non grata”ga nima sabab bo‘ldi?

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, dunyoning deyarli barcha mamlakatlari kabi Eronning Isroilga jirkanch hujumini qat’iy qoralay olmaydigan har qanday odam Isroil tuprog‘iga qadam qo‘yishga loyiq emas.

Kas, shuningdek, Guterrish 2023-yil 7-oktyabrda HAMAS jangarilarining Isroilga hujumini qoralamaganini va harakatni terroristik tashkilot deb e’lon qilish uchun hech qanday harakat qilmaganini ta’kidladi.

Isroil TIV rahbari BMTning amaldagi bosh kotibi “terrorchilar, zo‘ravonlar va qotillarni qo‘llab-quvvatlagani uchun tashkilot tarixida dog‘ bo‘lib qolishini” ta’kidladi.

Guterrish tviti

1-oktyabr kuni kechqurun Eron Isroilga raketa hujumi uyushtirganidan so‘ng, Guterrish Yaqin Sharqda mojaroning kuchayishini qoralagan va o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan tvitni e’lon qildi. Shu bilan birga, u na Eron va na Isroilni tilga oldi.

“Men Yaqin Sharqdagi mojaroning keskinlashuvi kuchayib borishini qoralayman. Bu to'xtashi kerak. Bizga mutlaqo sulh kerak”, – deb yozgan Guterrish o‘z tvitida.

Eronning zarbasi Falastin muammosini hal qilmaydi

Shundan so'ng, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik kengashining Yaqin Sharq bo‘yicha yig‘ilishida Eronning Isroilga qarshi yirik raketa hujumini qoralab, bayonot berdi.

“Eronning Isroilga qarshi yirik raketa hujumini yana bir bor keskin qoralayman”, – dedi Bosh kotib.

Guterrishning qo‘shimcha qilishicha, Eronning Isroil hududiga zarbalari hech qanday tarzda Falastin tinch aholisining muammolarini hal qilmaydi va “ularning azob-uqubatlarini kamaytirmaydi”.

1-oktyabr voqeasi 

1-oktyabr oqshomida Eron Isroil tomon 500 ga yaqin ballistik raketa uchirdi. Bu Isroil mudofaa kuchlari Livandagi Hizbullohga qarshi quruqlikdagi operatsiyani boshlaganidan bir kun o‘tib sodir bo‘ldi.

BMT va Isroil mojarosi oqibatlari qanday?

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashuvi bir qator global va mintaqaviy oqibatlarga olib keladi. Ulardan biri, Isroilga nisbatan xalqaro maydonda izolyatsiya kuchayishi mumkin. BMTdagi qoralovchi rezolyutsiyalar ko‘payishi, bu esa boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalarga ta’sir qilishi ehtimoli bor. Shuningdek, Falastin-Isroil mojarosida BMTning roli kuchayishi va xalqaro hamjamiyatning Falastinga nisbatan qo‘llovi oshishi mumkin. Bu Isroilning BMT doirasida muammolar bilan yuzlashishiga olib kelishi ehtimolga ega. Bundan tashqari, BMT doirasida Isroilning ba'zi harakatlari inson huquqlarini buzish sifatida ko‘rilsa, xalqaro sudlarga chaqirilishi yoki sanksiyalar joriy etilishi mumkin.

Ushbu jarayonlar Isroilning xalqaro maydondagi pozitsiyasiga, iqtisodiy aloqalariga va mintaqaviy xavfsizlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Теги :
Jamiyat