$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi

mpox vaccine

Daniyaning Bavarian Nordic farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan MVA-BN vaksinasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan maymunchechakka qarshi birinchi pre-kvalifikatsiyadan o‘tgan vaksina sifatida tasdiqlandi.

Vaksinaning qo‘llanilishi

MVA-BN vaksinasi 18 yoshdan oshgan odamlarga to‘rt haftalik tanaffus bilan ikki dozada inyeksiya (dori va b. eritmalarni organizm to‘qimalari, tomirlari va bo‘shliqlariga kiritish.) shaklida beriladi. Vaksina muzlatkichda 2–8°C haroratda sakkiz haftagacha saqlanishi mumkin.

JSST vakili vaksinani tarqatish bo‘yicha yordam so‘ramoqda

“Vaksina mpoxga qarshi kurashda nafaqat Afrikada tarqalayotgan epidemiya uchun, balki kelajakda tarqalishi mumkin bo‘lgan xavf uchun ham muhim qadamdir,” dedi JSST Bosh direktori doktor Tedros Gebreyesus. Uning ta’kidlashicha, vaksinalarni tezkor xarid qilish, donorlik va tarqatishni jadallashtirish zarur. Ayniqsa, kasallik keng tarqalayotgan hududlarda infeksiyani oldini olish va kasallanganlar hayotini saqlab qolish uchun bu harakat muhim ahamiyatga ega.

MVA-BN qanchalik samarali va xavfsiz?

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, MVA-BN vaksinasi bir doza bo‘lib, kasallik yuqtirishdan oldin qo‘llanilganda 76% samaradorlikni ko‘rsatgan, ikki dozalik rejim esa 82% samaradorlikka ega.

Vaksina xavfsizligi va samaradorligi klinik tadqiqotlar davomida tasdiqlangan. JSST kelgusi tadqiqotlarda vaksinani turli sharoitlarda sinovdan o‘tkazishni tavsiya qilmoqda.

Malumot uchun, Afrikadagi yangi shtammlar bilan bog‘liq vaziyat hamda 2024-yilda Kongo Demokratik Respublikasida va boshqa davlatlarda epidemiya avj olgani sababli mintaqa aholisi hamon xavf ostida qolmoqda. 2024-yilda Afrika mintaqasi boylab da 25 237 ta holat qayd etilgan, shundan 723 tasi o‘lim bilan tugagan.

Теги :
Jamiyat