AQSh Adliya vazirligi Visani to‘lov bozoridagi monopoliyada aybladi
Ayblovga ko‘ra, Visa hamkorlar bilan eksklyuziv shartnomalar tuzish orqali bozorda monopoliyani saqlab qolgan va raqobatbardosh firmalar paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Adliya vazirligi “Visa” kompaniyasiga monopoliyaga qarshi da’vo qo‘zg‘atdi, deb yozadi “CNBC” nashri.
Ayblov
Ayblov xulosasiga ko‘ra, “Visa” hamkorlar bilan “eksklyuziv” shartnomalar tuzish orqali “bozorda monopoliyani saqlab qolgan” va raqobatbardosh firmalar paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilgan.
Shu sababli, foydalanuvchilar va savdogarlar o‘nlab yil davomida milliardlab dollar qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lashga majbur bo‘lishdi.
O‘xshash to‘lov yechimlari
“Visa” xizmatlariga o‘xshash to‘lov yechimlarini yaratmaslik uchun “Apple” va “PayPal” kabi kompaniyalarga “yuz millionlab dollar” to‘langan.
Bundan avval AQSh Adliya vazirligi “Google"ni raqamli reklama bozoridagi monopoliyada ayblagan edi.
Tahlilchilar kompaniyaning umumiy moliyaviy yo‘qotishlari $100 mlrd.gacha yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Da’vo kompaniyaning onlayn reklama bozorini monopollashtirishiga taalluqlidir va ayniqsa “Google” va umuman texnologiya sanoatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.



