Turkiya, Misr, Indoneziya va hatto AQSh da’vogarlik qilgan konferensiya Samarqandda o‘tkazildi
Ko‘p yillik boykotdan keyin O‘zbekiston ilk bor har yillik xalqaro tekstil konferensiyasini o‘tkazdi.
2 daqiqa o‘qiladi

Tadbir doirasida o‘zbek paxtasidan tayyorlangan tekstil mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi. Bu yerda ip, mato, trikotaj to‘qimalari, to‘qilmagan matolar, gilamlar, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari namoyish etildi.
Tekstil gigantlari yig‘ilgan uchrashuv
“Silk Road Samarkand” turistik majmuasida 500 nafardan ziyod soha mutaxassislari, eng yirik xalqaro tekstil kompaniyalari, brendlar, moliyaviy institutlar va chakana savdo vakillari yig‘ildi. Uchrashuvning maqsadi ikki tekstil giganti — ITMF Annual Conference va IAF World Fashion Convention (Xalqaro tekstil ishlab chiqaruvchilar federatsiyasining har yillik konferensiyasi va Xalqaro kiyim ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasining Moda konvensiyasi) qo‘shma konferensiyasida ishtirok etishdir.
Ushbu tadbirga O‘zbekiston jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Kongress-xolda O‘zbekiston paxtasidan tayyorlangan tekstil mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Bu yerda hamma narsa bor: ip, mato, trikotaj to‘qimalari, to‘qilmagan matolar, gilamlar, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari, uy to‘qimachiligi va yana ko‘plab mahsulotlar.
O‘zbek moda ko‘rgazmalari
Plenar yig‘ilishlar orasida xorijiy ishtirokchilarga yetakchi o‘zbek brendlarining kiyim-kechak modasi namoyishi tashkil etildi. Buning hammasi va yana boshqa narsalar o‘zbek tekstil sanoatining qisqa vaqt ichida jahon miqyosida raqobatbardosh bo‘lganligini ko‘rsatmoqda.
Eksport hajmi bo‘yicha rejalar
“O‘tgan yilda mamlakatning tekstil mahsulotlari 80 tadan ortiq davlatga taxminan 4 milliard dollar miqdorida eksport qilindi. Keyingi ikki yil ichida eksport hajmini 6,5 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqdamiz”, — deb ta’kidladi "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Mirmuhsin Sultonov o‘z chiqishida.
Ishlab chiqarishni raqamlashtirish va sun'iy intellekt
Konferensiya davomida ishtirokchilar industriyaning dolzarb masalalari va muammolarini, masalan, sun’iy intellekt ta’siri, ishlab chiqarishlarni raqamlashtirish masalalarini muhokama qilishdi. Masalan, Xitoyning tekstil kompaniyalaridan birining vakili Chen I Xuang tekstil biznesiga sun’iy intellektni joriy qilish haqida so‘zladi.
“Sun’iy intellektni tekstil sanoatining turli sohalarida qo‘llaymiz: rang tanlash, obrazlarni aniqlash, kiyim ishlab chiqarish, jarayonlarni optimallashtirish, ta’minot zanjirlarini boshqarish. Sun’iy intellekt shuningdek nuqsonlarni aniqlash, shakllarni tekshirish va boshqa ko‘plab ishlarni bajaradi”, — dedi u.
Konferensiya yakunida esa Samarqandda ITMF Awards va ITMF Start-up Award mukofotlarining sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, ular tekstil sanoatidagi eng yaxshi yutuqlar va innovatsiyalar uchun taqdirlandi.



