Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +13° kechasi +9°

Rossiya O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish va ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Rossiya energetika vaziri Sergey Sivilyev loyihani tez orada amalga oshirish uchun Rossiya tomoni memorandum imzolashga tayyorligini ma’lum qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish va ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Rossiya va O‘zbekiston mamlakatda ko‘mir qazib olish va ishlab chiqarish bo‘yicha yangi qo‘shma loyihani ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Kommersant” nashri energetika vaziri Sergey Sivilyevga tayanib.

Ko‘mir asosidagi elektr energiyasi ishlab chiqarish

“Tog‘-kon sanoati, ko‘mirni qayta ishlash va ko‘mir asosidagi elektr energiyasi ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyiha amalga oshiriladi. Biz birgalikda bularning barchasini tezda hal qilishga kelishib oldik”, — dedi Sivilyev Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning Toshkentdagi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha.

Loyihani kim moliyalashtiradi?

Jurnalistlarning yangi ko‘mir loyihasiga kim sarmoya kiritishi haqidagi savoliga Sergey Sivilyev biz hali ham ushbu loyihaga kiritiladigan “Inter RAO”ni ko‘rib chiqyapmiz deb javob bedi.

“Biz hali rivojlanish bosqichidamiz, lekin eng muhimi, biz bu ishni tezda hal qilish uchun memorandum imzolashga tayyormiz”, deya qo‘shimcha qildi u.

Loyhadagi ulushlar taqsimoti

Qayd etilishicha, Rossiya kompaniyasining loyihadagi mumkin bo‘lgan ulushi hali kelishib olinmagan.

“Inter RAO” — Rossiyadagi, shuningdek, Yevropa va MDHdagi aktivlarni boshqaradigan Rossiya energetika kompaniyasi hisoblanadi. 2023 yil oxirida kompaniyaning sof foydasi 135 mlrd. rublgacha oshdi. “Inter RAO"ning o‘tgan yilgi daromadi 1,35 trln. rublga yetdi.