Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +16° kechasi +9°

45 nafar o‘zbekistonlik migrant Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Moskva yaqinida o‘tkazilgan reyddan so‘ng MDH davlatlari va Afrikadan kelgan 120 nafar muhojir Rossiyadan chiqarib yuborilishi haqida xabar berilgan edi. Ulardan 45 nafari O‘zbekiston fuqarolari ekani ma’lum qilindi.

1 daqiqa o‘qiladi

Politsiya tezkor-profilaktika tadbirini 11-iyul kuni o‘tkazgan edi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari hujjatlarni tekshirish uchun Ozon omboriga borganda 120 nafar ishchi Rossiyada noqonuniy yurgani ma’lum bo‘lgan.

Jinoyat ishi

Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 322-moddasi (noqonuniy migratsiyani tashkil etish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ulardan 45 nafari o‘zbekistonlik

“Sargrad”ning yozishicha, ularning 45 nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. 29 nafari Tojikistondan, qolganlari esa Ozarbayjon, Jazoir, Angola, Benin, Gambiya, Gvineya, Zambiya, Hindiston, Kamerun, Kongo, Marokash va Siyerra-Leonedan kelgan.

Migrantlar xorij fuqarolari uchun vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Qayd etilishicha, ulardan 32 nafari allaqachon Rossiyadan chiqarib yuborilgan.