$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonliklar Rossiyaga kiritilmayapti

Shermetyevo

O‘zbekiston fuqarolarining ommaviy ravishda Rossiyaga kiritilmaslik holatlari hanuzgacha davom etmoqda. Xususan, Sheremetyevo aeroportida har kuni har bir reysdan o‘nlab o‘zbekistonliklar Rossiyaga kiritilmay qaytarilmoqda. O‘zbekistonliklar nima uchun Rossiyaga kiritilmayotgani borasida hech qanday ma’lumot olishning iloji yo‘q, deb yozmoqda Migrant.uz kelgan murojaatlarga tayanib.

Hukumat jim

Unga ko‘ra, Rossiyaga kiritilmagach, fuqarolar bir necha kun davomida aeroportda ovqatsiz, yetarli shart-sharoitlarsiz qolib ketyapti. Vaziyat mehnat migrantlari va ularning oilalarida katta xavotir uyg‘otmoqda. O‘zbekiston hukumati esa fuqarolarning Rossiyaga kiritilmaslik holati yuzasidan haligacha hech qanday munosabat bildirgani yo‘q.

Aeroportdagilar och qolmoqda

Murojaatchilardan biri aeroportda ovqat bepul berilmasligi tufayli odamlar och qolayotganini aytadi.

"Men aeroportda ikkinchi kun qolishim. Hali ham ovqat berilgani yo‘q. Bu yerda hamma narsa juda qimmat. O‘zim bilan olib kelgan pullarim tugadi. Endi kechki ovqatga nima yeyman, bilmayman. Konsullikka qo‘ng‘iroq qilib tushib bo‘lmayapti. Bizga e’tibor qaratishlari uchun ochimizdan o‘lishimiz kerakmi?", - deb savol bermoqda aeorportdagilardan biri.

Rossiyada qonuniy yurgan fuqarolar ham aniq sabab keltirilmay qaytarilmoqda

Boshqa o‘zbekistonliklar Rossiyada qonunchilik bo‘yicha barcha talablarga doimo amal qilganliklarini, ammo baribir pasport nazorati bosqichida qiyinchiliklarga duch kelishgani bilan bo‘lishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bir necha yillar davomida Rossiyada qonuniy yurgan fuqarolar ham aniq sabab keltirilmay qaytarilmoqda. Rossiyaga kiritilmaslik migrantlar uchun qo‘shimcha moliyaviy va ma’naviy qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

“Men nima uchun bizni kiritmayapsizlar deb so‘radim. Xodimlardan biri men bilan gaplashmay teskari qarab ketdi. Biz ertalab kelgan edik. Kechki payt boshqa xodim kiritmaslik haqidagi qaror vaqtinchalik ekanligini aytdi. Go‘yoki bir muddat o‘tgach qaytishimiz mumkinakan. Meni bir savol qiynayapti-da, nega bu bu haqda oldindan xabar berishmaydi? Yo‘lga sarflagan pullarimni kim qaytaradi? Men besh yildan ortiq Rossiyada barcha hujjatlarni joyida rasmiylashtirib, ishlab kelaman. Rossiyaga kiritilmaslik haqida qaror qabul qilayotib, nega bu narsa inobatga olinmayapti? Qanday qilib men to‘satdan Rossiya uchun xavfli shaxsga aylandim, tushunmayapman. Boshqa hech kim tushuntirib bera olmayapti ham. O‘zlari o‘ylab topib narsaga, o‘zlari ishonib, jabrini biz va oilamiz ko‘ryapti. Chipta pulini hech kim qaytarmoqchi emas”, – deya murojaatda keltirgan yana bir muhojir.

 O‘zbekistonliklar bilan vaziyat murakkab bo‘lib qolmoqda

– Sheremetyevo aeroportida o‘zbekistonliklar bilan vaziyat murakkab bo‘lib qolmoqda. Rossiyaga kiritilmay qolib ketayotgan yuzlab muhojirlar migratsiya siyosati yaxshilanishiga umid qilyapti. Qiyinchiliklarga qaramay, ko‘plab o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishlash va moddiy sharoitini yaxshilash maqsadida kelishda davom etmoqda. Biroq O‘zbekiston hukumati haligacha o‘zbekistonliklarning Rossiyaga kiritilmasligiga e’tibor qaratmayapti, deb yozadi nashr.

Теги :
Жамият