$
 12815.13
12.07
 13898.01
-4.83
 133.20
1.36
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yilning birinchi yarmida Rossiyadan 86 ming xorijlik chiqarib yuborildi

Migrantlar

2024-yilning birinchi yarmida Rossiya sudlari chet el fuqarolarini deportatsiya qilish bo‘yicha 86 mingga yaqin buyruq chiqardi, bu butun 2022-yil uchun deportatsiya qilinganlar soniga teng, deya xabar beradi “Muhim hikoyalar” Rossiya Federatsiyasi Oliy sudning sud departamenti ma’lumotlariga asoslanib.

Sudlarga 124 mingta ish kelib tushgan

2024-yilda deportatsiyalarning umumiy soni muhojirlar uchun yengilliklar amal qilgan o‘tgan yil va pandemiyadan oldingi yillardagi ko‘rsatkichlardan oshib ketishi kutilmoqda.

Keltirilishicha, migratsiya qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy ishlar ham ko‘paymoqda. 2024-yilning yanvaridan iyunigacha sudlarga 124 mingta shunday ish kelib tushgan, shundan 100 mingtasi chet elliklarning Rossiyaga kirishi va yashashi qoidalarini buzish, 16 mingtasi esa noqonuniy mehnat faoliyati bilan bog‘liq.

Sud qarorisiz chiqarib yuborish huquqi

Ma’lumotlarga qaraganda, 2025-yil fevralidan politsiya muhojirlarni ayrim qonunbuzarliklar uchun sud qarorisiz chiqarib yuborishi mumkin. Rasmiylar, shuningdek, migrantlarning oilalarini olib kelishiga cheklovlar va ularning taksi, savdo, sog‘liqni saqlash va ta'lim kabi bir qator sohalarda ishlashini taqiqlashni muhokama qilmoqda.

Bir millionga kamaygan muhojirlar

2023-yilda Rossiyadagi muhojirlar soni allaqachon bir millionga kamaydi. Bunga sabab – tug‘ilishning pasayishi, yigitlar o‘limining yuqoriligi va emigratsiya. Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi demograflarining fikricha, iqtisodiyot va ijtimoiy imtiyozlarni saqlab qolish uchun Rossiya har yili 390 mingdan 1,1 milliongacha migrantni jalb qilishi kerak.

Теги :
Жамият