$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda Rossiyada deportatsiya jarayoni to‘liq videotasvirga olinadi

aeroport

Sud ijrochilari migrantlarni deportatsiya qilishning butun jarayonini videoga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda “Parlamenskaya gazeta” xabar berdi.

Videoyozuvlar arxivda umrbod saqlanadi

Nashrning yozishicha, sud ijrochilari suratga olish haqida oldindan ogohlantiradi. Sudgacha kuzatib borishdan tortib, chet elliklarni Rossiyadan chiqarib yuborishgacha - hammasi kameraga muhrlanadi. Jarayonni yozib olish uchun IP-kameralar, videoregistratorlar, fotoapparatlar va boshqa qurilmalar qo‘llaniladi. Yozib olingan audio, foto va video materiallar arxivda saqlanadi. Saqlash vositasining ishlash muddati tugagach, u boshqasiga ko‘chiriladi. Zarur hollarda (nizoli vaziyatlar, fuqarolarning shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish, xizmat tekshiruvi o‘tkazish) tegishli materiallarning umrbodga saqlanishi ta’minlanadi.

Bu nima uchun kerak?

Sud ijrochilari federal xizmati audio, foto va video yozuvlar nima uchun kerakligi haqida ma’lumot berdi. Aytilishicha, videoro‘yxatga qayd qilish migrantlarning jinoyat sodir etishini oldini olishga yordam beradi. Bundan tashqari, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlash, jinoyat ishlari, ma’muriy huquqbuzarlik ishlari bo‘yicha nazorat va tafsilotlarni qayd qilish, ijro harakatlarini amalga oshirishda, majburlash choralari qo‘llashda va jinoyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish bilan bog‘liq xizmat majburiyatlarini bajarishda obyektiv nazoratni ta’minlash imkonini beradi.

Rossiya migrantlar uchun yopiq davlatga aylanib qolyapti

Ma’lumot uchun, Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi 1-dekabrdan boshlab mamlakatga kirish uchun chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan biometrik ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha sinov loyihasi ishga tushirishni taklif qilgan. Mamlakat Davlat Dumasining Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Yaroslav Nilov esa Rossiya fuqarosi bo‘lmagan shaxslarning bolalari uchun bog‘cha va maktablarda bepul ta’lim olishni bekor qiluvchi qonun loyihasini ishlab chiqqan. Shuningdek, Rossiyaning Moskva viloyatida 2025-yilning yanvaridan boshlab xorijliklarning sport, madaniyat, hordiq chiqarish, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida patent bo‘yicha ishlashi taqiqlanishi, shu bilan birga mamlakatda noqonuniy bo‘lib turgan migrantlar uchun transport vositalarini boshqarish, bank xizmatlaridan foydalanish, mulkni ro‘yxatga olish, nikoh tuzish va bekor qilish, bolalarni bog‘cha va maktablarga ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanishi mumkin.

Теги :
Jamiyat