$
 12803.81
-19.17
 13677.03
-146.14
 130.64
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

Migratsiya qiyinchiligiga qaramay o‘zbekistonliklar Rossiyaga borgan migrantlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

migrant

Joriy yilning 9 oyida Rossiyaga borgan mehnat migrantlari soni bo‘yicha O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Rossiya Yagona idoralararo axborot-statistik tizimi ma’lumotlariga tayanib, “Sputnik” xabar berdi.

Qariyb 2 million o‘zbekistonlik

Qayd etilishicha, 2024-yilning 3 choragida 1 million 748 ming o‘zbekistonlik ishlash maqsadida ushbu mamlakatga borgan. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan 2023-yil bilan solishtirganda 143 ming nafarga oshgan.

TOP-3 Markaziy Osiyoga tegishli

O‘zbekistondan keyingi o‘rindlarni ham ikki Markaziy Osiyo mamlakatlari egallagan. Xususan, joriy yil boshidan buyon Tojikistondan 884 ming kishi, Qirg‘izistondan 570 ming kishi ish izlab Rossiyaga borgan.

Keyingi o‘rinlardagi mamlakatlar:

·      Qozog‘iston – 147 ming;

·      Armaniston – 142 ming;

·      Ozarbayjon – 104 ming;

·      Xitoy – 79 ming;

·      Boshqa – 89 ming;

Fuqarolik olish qanchaga tushishi mumkin?

Yaqinda Rossiyaning Fan va oliy ta’lim vazirligi migrantlar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslarini bilish bo‘yicha imtihon topshirishning yagona narxini belgilashni taklif qilganligi haqida xabar bergan edik.

Hujjatda ko’rsatilishicha, vazirlik tomonidan quyidagi yagona narxlar taklif qilingan:

·      Fuqarolik olish uchun rus tili imtihoni – 2950 rubl;

·      Fuqarolik olish uchun tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon – 2950 rubl;

·      Vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi yoki yashash guvohnomasi olish uchun rus tili, tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon – 5900 rubl;

·      Ishlashga ruxsatnoma yoki patent olish uchun rus tili, tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon – 3800 rubl.

Ma’lumot uchun, hozirda bunday imtihonlar uchun yagona qat’iy narx belgilanmagan. Ayni vaqtda imtihon o‘tkazadigan tashkilot bunday xizmat narxini hisoblab chiqadigan formulani belgilaydigan hukumat qarori mavjud. Imtihon o‘tkazuvchi tashkilot ushbu xizmatlar narxini o‘zi belgilaydi.

Теги :
Jamiyat