$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiya migrantlar topshiradigan imtihonlarning yagona narxini belgilashni taklif qilmoqda

migrant

Rossiyaning Fan va oliy ta’lim vazirligi migrantlar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslarini bilish bo‘yicha imtihon topshirishning yagona narxini belgilashni taklif qildi. Hozirda imtihonlar uchun yagona qat’iy narx belgilanmagan. Bu haqda tegishli qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida e’lon qilindi.

Imtihon o‘tkazuvchi tashkilot xizmatlar narxini o‘zi belgilaydi

Hujjatda ko’rsatilishicha, vazirlik tomonidan quyidagi yagona narxlar taklif qilingan:

Fuqarolik olish uchun rus tili imtihoni – 2950 rubl;

Fuqarolik olish uchun tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon – 2950 rubl;

Vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi yoki yashash guvohnomasi olish uchun rus tili, tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon – 5900 rubl;

Ishlashga ruxsatnoma yoki patent olish uchun rus tili, tarix va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon – 3800 rubl.

Shuningdek, hozirda bunday imtihonlar uchun yagona qat’iy narx belgilanmagan. Ayni vaqtda imtihon o‘tkazadigan tashkilot bunday xizmat narxini hisoblab chiqadigan formulani belgilaydigan hukumat qarori mavjud. Imtihon o‘tkazuvchi tashkilot ushbu xizmatlar narxini o‘zi belgilaydi. Bu imtihon o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlar, bilvosita xarajatlar va qo‘shimcha qiymat solig‘ini o‘z ichiga oladi.

Xizmat narxining maksimal miqdori belgilangan

Xizmat narxining maksimal miqdori ham belgilangan. U hozirda vazirlik tomonidan doimiy narx sifatida belgilash taklif etilayotgan miqdorlar bilan deyarli bir xil:

Vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi yoki yashash guvohnomasi uchun – 5900 rubl;

Ish ruxsatnomasi yoki patent uchun – 3800 rubl.

Shuning bilan birga, imtihonlar uchun yagona narxning joriy etilishi Davlat dumasining joriy yilning 29-oktyabr kuni ikkinchi va uchinchi o‘qishda “Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar qabul qilgani bilan bog‘liq. Mazkur o‘zgarishlarga ko‘ra, imtihonlarni faqat davlat muassasalari qabul qilishi va o‘tkazishi mumkin.