Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +9° kechasi +8°

O‘zbekiston mevalarini Kuvayt savdo tarmoqlarida sotish boshlanadi

Yaqin kunlarda O‘zbekiston Kuvaytga 3 tonna ho‘l mevalar yetkazib bermoqchi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston mevalarini Kuvayt savdo tarmoqlarida sotish boshlanadi

 O‘zbekiston mahsulotlarini Kuvaytdagi savdo tarmoqlari orqali sotish rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Dunyo” AA.

Hamkorlik masalasi muhokama qilindi

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari “Lulu Group International” kompaniyasining Kuvaytdagi vakolatxonasi mutasaddilari bilan muzokara o‘tkazishdi.

Muloqotda O‘zbekistonda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport hajmini yanada oshirishda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Mahsulotlar 16 ta savdo tarmoqlarida paydo bo‘ladi

Diplomatlar o‘zbek mahsulotlarining eksporti uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar, xorijiy importorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida so‘zlab berishdi.

“Kompaniya vakillari O‘zbekistondan meva va sabzavotlarni Kuvaytga eksportini yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi. Kuvayt tomoniga ko‘ra, O‘zbekiston mahsulotlari “Lulu Hypermarket”ning Kuvaytdagi 16 ta savdo tarmoqlari orqali sotish rejalashtirmoqda”, — deyiladi xabarda.

Tomonlar o‘zbek mahsulotlarini Kuvaytga olib kelish bo‘yicha transport-logistika yo‘llari xususida ham fikr almashishdi.

3 tonna ho‘l meva

Mamlakat elchixonasi ko‘magida yaqin kunlarda O‘zbekistondan Kuvaytga 3 tonna ho‘l mevalar olib kelinishi qayd etildi.

Bundan tashqari, joriy yilning 16-21-oktyabr kunlari Toshkent shahri, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarida ”O‘zbekiston-Kuvayt" biznes-forumlari o‘tkazilishi ma’lum qilindi va unga ishtirok etish taklifi bildirildi.